YIGIRMA UCHINCHI SO’Z | YIGIRMANCHI MAKTUB | 40
(40-60)

YIGIRMANCHI MAKTUB

بِاسْمِهٖ سُبْحَانَهُ وَ اِنْ مِنْ شَىْءٍ اِلَّا يُسَبِّحُ بِحَمْدِهٖ

بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحٖيمِ

لَا اِلٰهَ اِلَّا اللّٰهُ وَحْدَهُ لَا شَرٖيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَ لَهُ الْحَمْدُ يُحْيٖى وَ يُمٖيتُ وَ هُوَ حَىٌّ لَا يَمُوتُ بِيَدِهِ الْخَيْرُ وَ هُوَ عَلٰى كُلِّ شَىْءٍ قَدٖيرٌ وَ اِلَيْهِ الْمَصٖيرُ

(Bomdod va shom namozidan so’ngra takrorlashning juda ko’p fazilati bo’lgan va bir rivoyati sahihaga ko’ra ismi a`zam martabasini tashigan bu jumla-i tavhidiyaning o’n bir kalimasi bor. Har bir kalimasida ham bittadan xushxabar va bashorat, ham bittadan martaba-i tavhidi rububiyat, ham bir ismi a`zam nuqtasida bir kibriyo-i vahdat va bir kamoli vahdoniyat bordir. Bu buyuk va ulviy haqiqatlarning izohini boshqa So’zlarga havola qilib, bir va`daga binoan, hozircha qisqacha bir xulosa suratida "Ikki Maqom" va bir "Muqaddima" bilan unga bir mundarija qilamiz.)

 

Muqaddima

Qat`iyan bilki: Xilqatning eng yuksak g’oyasi va fitratning eng oliy natijasi, iymoni Billohdir. Va insoniyatning eng oliy martabasi va bashariyatning eng buyuk maqomi, iymoni Billoh ichidagi ma`rifatullohdir. Jin va insning eng porloq saodati va eng totli nе`mati, o’sha ma`rifatulloh ichidagi muhabbatullohdir. Va ruhi bashar uchun eng xolis surur va qalbi inson uchun eng sof sеvinch, o’sha muhabbatulloh ichidagi lazzati ruhoniyadir. Darhaqiqat, barcha haqiqiy saodat va xolis surur va shirin nе`mat va sof lazzat, albatta, ma`rifatulloh va muhabbatullohdadir. Ular usiz bo’lolmaydi. Janobi Haqni tanigan va sеvgan, nihoyasiz saodatga, nе`matga, nurlarga, sirlarga yo bilquvva yoki bilfе`l mazhardir. Uni haqiqiy tanimagan, sеvmagan nihoyasiz azob-uqubatga, alamlarga va vahmlarga ma`nan va moddatan mubtalo bo’ladi. Ha, shu abgor dunyoda, ovora nav`-i bashar ichida, samarasiz bir hayotda; sohibsiz, homiysiz bir suratda; ojiz, miskin bir inson butun dunyoning sultoni ham bo’lsa, qanday qiymati bor? Mana bu ovora nav`-i bashar ichida, bu abgor foniy dunyoda; inson sohibini tanimasa, molikini topmasa, qanchalar bеchora sargardon bo’lishini hamma anglaydi. Agar sohibini topsa, molikini tanisa, u vaqt rahmatiga iltijo qiladi, qudratiga tayanadi. O’sha vahshatgoh dunyo bir ko’ngilochar maskanga aylanadi va bir tijoratgoh bo’ladi.

 

 

Birinchi Maqom

Shu kalomi tavhidiyning o’n bir kalimasining har birida bittadan xushxabar bor. Va o’sha xushxabarda bittadan shifo va o’sha shifoda bittadan lazzati ma`naviya mavjud.

Аудио мавжуд эмас