YIGIRMA UCHINCHI SO’Z | Konferens | 60
(60-80)

Universitet Nur talabalari Risola-i Nur haqida o’tkazgan konferensiyadan bir parcha.

 

Iymon Va Islomiyat Obi Hayotiga Chanqagan Qiymatli Qardoshlarim!

Avvalo: E`tirof etayki, bu konferensiya qilinayotgan kursida bo’lmoq e`tibori bilan sizlardan farqim yo’q. Sizning bir qardoshingizman. Ham bu konferensiya, men juda muhtoj bo’lgan g’oyat foydali bir darsimdir. Xitob qilingan o’zimman. Darsimni muzokara navidan siz muborak qardoshlarimga o’qiyman. Kamchiliklar mendan. Kamol va go’zalliklar, men istifoda qilgan Risola-i Nur asarlariga oid. Bir mone boshimizga kelmasa, haftada bir marta tarzida davom ettiradigan diniy konferensiyalarimizdan bugun birinchisi iymonga doirdir. Chunki Badiuzzamon Said Nursiyning Birinchi Millat Majlisida bayon qilganlari kabi, "Koinotda eng yuksak haqiqat iymondir, iymondan so’ng namozdir." Shuning uchun biz ham konferensiyamizning Qur`on, Iymon, Payg’ambarimiz Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalom) Afandimiz haqlarida bo’lishini munosib ko’rdik. Ikkinchisi ham inshaalloh namoz va ibodatga oid bo’ladi.

Bu mavzularni bizga dars beradigan bir asar qidirdik. Oxiri bu hayotiy va abadiy ehtiyojimizni asrimizning fahmlashiga uyg’un va qondiruvchi bir tarzda dars bergan va yarim asrga yaqindir, katta bir ishonch va aminlikka sazovor bo’lish bilan eng mo’`tabar diniy bir asar bo’lgan "Risola-i Nur"ni tanladik. Hozir ilk konferensiyamizning nima uchun iymon mavzusida bo’lganini izoh bilan, bu asar va muallifi haqida g’oyat qisqa ravishda ma`lumot beramiz. Jumladan:

Bu asrda din va Islomiyat dushmanlari, avvalo iymonning asoslarini zayiflatmoq va yiqitmoq rejasini, dasturlarining birinchi moddasiga qo’yganlar. Xususan bu yigirma besh yil ichida tarixda ko’rilmagan bir holda munofiqona va turli-tuman niqoblar ostida iymonning ruknlariga qilingan suiqasdlar juda dahshatli bo’lgan, juda ham yiqituvchi shakllar tatbiq etilgan.

Holbuki: Iymonning ruknlaridan birisida hosil bo’ladigan bir shubha yoki inkor, dinning ikkilamchi masalalarida qilingan loqaydlikdan juda ko’p marta yanada falokatli va zararlidir. Shuning uchundirki, hozir eng muhim ish, taqlidiy iymonni tahqiqiy iymonga aylantirib iymonni quvvatlantirmoq, iymonni mustahkamlamoq, iymonni qutqarmoqdir. Hamma narsadan ziyoda iymonning asoslari bilan mashg’ul bo’lmoq qat`iy bir zarurat va voz kechilmas bir ehtiyoj, hatto majburiyat holiga kelgan. Bu Turkiyada bunday bo’lgani kabi, umum Islom dunyosida ham shundaydir.

Ha, poydevorlari xarob bo’lgan bir binoning xonalarini ta`mir va bezashga harakat qilish, u binoning yiqilmasligi uchun qay daraja foyda ta`minlay oladi? Ildizlarining chiritilishiga harakat qilingan bir daraxtning qurimasligi uchun shox va yaproqlarini dorilab tadbir olishga harakat qilish, u daraxtning hayotiga bir foyda bera oladimi?..

Inson saroy kabi bir binodir, poydevorlari iymon ruknlaridir. Inson bir daraxtdir, ildizi iymon asoslaridir. Iymon ruknlaridan eng muhimi, Iymoni Billohdir, Allohga iymondir. So’ngra Nubuvvat va Hashrdir. Shuning uchun bir insonning eng boshda qo’lga kiritishga harakat qilgan ilmi, iymon ilmidir. Ilmlarning asosi, ilmlarning shohi va podshohi, iymon ilmidir.

Iymon faqat qisqa bir tasdiqdan iborat emas. Iymonning ko’p martabalari bor. Taqlidiy bir iymon, xususan bu zamondagi zalolat, axloqsizlik bo’ronlari qarshisida tez so’nadi. Tahqiqiy iymon esa tebranmas, so’nmas bir quvvatdir. Tahqiqiy iymonni qo’lga kiritgan bir kishining iymon va Islomiyati dahshatli dinsizlik to’fonlariga ham ma`ruz qolsa, u to’fonlar bu iymon quvvati qarshisida ta`sirsiz qolishga mahkumdir. Tahqiqiy iymonni qozongan bir kishini eng dinsiz faylasuflar ham bir vasvasa yoki shubhaga tushirolmaydi.

Xullas bu haqiqatlarga binoan, biz ham tahqiqiy iymonni dars berib, iymonni quvvatlantirib insonni abadiy saodat va salomatga etadigan Qur`on va iymon haqiqatlarini jamlagan bir asarni, sabot va davom va diqqat bilan o’qishni qat`iyat bilan lozim va zarur ko’rdik. Aks holda, bu zamonda dunyoviy va uxroviy dahshatli musibatlar ichiga tushish, shubha keltirmaydigan bir haqiqat holidadir. Shuning uchun, yagona qutulish choramiz, Qur`oni Hakimning iymoniy oyatlarini va bu asrga qaragan oyati karimalarini tafsir qilgan yuksak bir Qur`on tafsiriga yopishishdir.

Hozir, "Bunday bir asar bu asrda bormi?" degan bir savol ichingizda hosil bo’lgani, nuroniy bir hayajonni ifoda etgan siymolaringizdan anglashilmoqda.

Ha, bu tur ehtiyojimizni to’liq qarshilaydigan bir asarni topish uchun ko’p diqqat va sinchkorlik bilan qidirdik. Oxiri ham Turk yoshlariga, ham umum Musulmonlarga va bashariyatga Qur`oniy bir rahbar va bir murshidi akmal bo’ladigan bir asarning Badiuzzamon Said Nursiyning Risola-i Nur asarlari bo’lgani qanoatiga bordik. Biz bilan barobar bu haqiqatga Risola-i Nur bilan iymonini qutqargan yuz minglab kishilar ham shohiddir.

Ha, yigirmanchi asrda kulliy va umumiy bir rahbarlik vazifasini qiladigan Qur`oniy bir asar muallifining shu xususiyatlarga ega bo’lishini asos qabul qildik. Bu xususiyatlarning ham tamomila Risola-i Nurda va muallifi Badiuzzamon Said Nursiyda mavjud bo’lganini ko’rdik. Jumladan:

Аудио мавжуд эмас