Birinchisi: Muallifning faqat Qur`oni Hakimni o’ziga ustoz qilib olishi...
Ikkinchisi: Qur`oni Hakim haqiqiy ilmlarni ichiga olgan bir kitobi muqaddasdir. Va barcha asrlarda insonlarning umum tabaqalariga xitob qilgan azaliy bir xutbadir. Shuning uchun, Qur`onni tafsir qilarkan, haqiqatning sof bo’lib ifoda etilishi va shunday qilib haqiqiy bir tafsir bo’lishi uchun, mufassirning o’zining xususiy maslak va mashrabining ta`siri ostida qolmasligi va havasi qo’shilmasligi lozimdir. Va hamda Qur`onning ma`nolarini kashf bilan namoyon bo’lgan Qur`on haqiqatlarining mustahkamlanishi uchun zarurdirki: U mufassir zot har bir fanda mutaxassis keng bir fikrga, nozik bir nazarga va tom bir ixlosga molik bir alloma va ham g’oyat oliy bir daho va nufuzli, chuqur bir ijtihod va bir quvva-i qudsiyaga sohib bo’lsin...
Uchinchisi: Qur`on tafsirining tom bir ixlos bilan ta`lif etilgan bo’lishiki: Muallifning Janobi Haqning rizosidan boshqa hech bir moddiy, ma`naviy manfaatni g’oya qilmasligi va bu ulviy holatning muallifning hayotidagi hodisalarda mushohada qilingan bo’lishi...
To’rtinchisi: Qur`onning eng buyuk mo’`jizalaridan biri ham, yoshlik va yangiligini muhofaza etishidir. Va o’sha asrda nozil etilgandek, har asrning ehtiyojini qarshilagan bir yuzi bo’lishidir.
Xullas, bu asrda maydonga keltirilgan bir tafsirda Qur`oni Hakimning asrimizga qaragan yuzining kashf etilib, avomdan eng xoslarga qadar har tabaqa foydalana oladigani bir uslub bilan izoh va isbot etilgan bo’lishi...
Beshinchisi: Mufassirning Qur`on va iymon haqiqatlarini inkor qilib bo’lmaydigan dalil va hujjatlar bilan isbot qilib dars berishi. Ya`ni, pozivitizm (isbotchilik)ni bir asos qilib olishi...
Oltinchisi: Dars bergan Qur`oniy haqiqatlarning ham aqlni, ham qalbni, ham ruhni va vijdonni nurlantirishi va qondirishi va nafsni bo’ysundirishi va shaytonni ham jim qiladigan darajada quvvatli va g’oyat balig’, nufuzli va ta`sirli bo’lishi...
Yettinchisi: Haqiqatlarni anglashga ham mone bo’lgan menlik, g’urur, ujb va anoniyat kabi yomon xislatlardan qutqarib, tavoze va kamtarinlik kabi yuksak va go’zal axloqlarga sohib qilishi...
Sakkizinchisi: Qur`oni Karimni tafsir qilgan bir allomaning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalomning sunnatlariga ergashgan bo’lishi va Ahli Sunnat va Jamoat mazhabi uzra ilmi bilan boamal bo’lishi va a`zamiy bir zuhd va taqvo va a`zamiy ixlos va dinga xizmatida a`zamiy sabot, a`zamiy sidq va sadoqat va fidokorlikka, a`zamiy iqtisod va qanoatga molik bo’lishi shartdir.
Xulosa bo’lib; mufassirning Qur`oniy risolalari bilan risolati Ahmadiyaning (A.S.V.) a`zamiy taqvo va a`zamiy ubudiyati va quvva-i qudsiyasi bilan ham valoyati Ahmadiyaning yog’dulariga sazovor bo’lgan xodimi Qur`on bir zot bo’lishi...
To’qqizinchisi: Mufassirning, Qur`oniy va shar`iy masalalarni bayon qilarkan, shu yoki bu tazyiq va iskanjani nazarga olmagan, har qanday bir ta`sir ostida qolib fatvo bermagan va o’limni xor ko’rib, dunyoga bas keladigan bir iymon quvvati bilan haqiqatni parvosizcha aytgan Islomiy shijoat va jasoratga molik bo’lgan bir mufassir bo’lishi kerak.
Ham qatl rejalari tatbiq etilgan va bitta diniy risola nashr qilinmagan dahshatli bir davrda, xususan yo’q qilinishi va so’ndirilishi maqsad qilingan Qur`oniy, Shar`iy asoslarni ta`lif va nashr etgani maydonda bo’lish bilan bir murshidi komil va Islomning bu asrda haqiqiy bir rahbari akmali va Qur`onning mo’`tabar bir mufassiri a`zami bo’lgan bo’lishi lozim.
Xullas, bu zamonda yuqorida mazkur to’qqiz shart va xususiyatlarning muallif Said Nursiyda va asarlari bo’lgan Nur Risolalarida aynan mavjud bo’lgani haqiqiy va katta Islom olimlarining ijmo` va tavotur va ittifog’i bilan sobit bo’lgan. Va ham uyg’onishni boshlagan bu millati Islomiya tomonidan, Ovrupa va Amerika tomonidan ma`lum va tasdiqlangandir. Mana birodarlar! Biz bunday bir tafsiri Qur`on qidirayotgan va bunday bir mufassir istayotgan edik.
***