SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 42
(1-46)

ESLATMA.

Ushbu o’ttiz Uch Derazadan iborat "o’ttiz Uchinchi Maktub":

           iymoni bo’lmaganni, inshoalloh, iymonga keltiradi;

           iymoni zaif bo’lganning iymonini quvvatlaydi;

           iymoni quvvatli, ammo taqlidiy bo’lganning iymonini mustahkam qiladi;

           iymoni mustahkam bo’lganning iymonini kengaytiradi;

           iymoni keng bo’lganni barcha haqiqiy kamolotning negizi va asosi bo’lmish ma`rifatullohda taraqqiy ettiradi, yanada nuroniy, yanada porloq manzaralarni ochadi.

Mana shuning uchun "Bir deraza menga kifoya qiladi, yetadi" deyolmaysan. Chunki sening aqling qanoat hosil qilib хissasini olgan bo’lsa, qalbing ham хissasini istaydi, ruhing ham хissasini istaydi. Hatto хayol ham ul nurdan хissasini istaydi. Shunga binoan, har bir derazaning alohida-alohida foydalari bor.

"Me`roj Risolasi"da aslida mo’`minga хitob etilgan edi, dinsiz ikkinchi darajada chetdan tinglash maqomida edi. Bu risolada esa avvalo inkor qiluvchiga хitob etiladi, chetdan tinglash maqomida mo’`mindir. Bu Risolaga shuni e`tiborga olgan holda qarash kerak.

Ammo, afsuski, muhim bir sababga binoan bu maktub g’oyat sur`at bilan yozilganidan va hatto хomaki yozilganicha qolganidan, albatta ifodalashda menga oid chalkashlik va qusurlar bo’ladi. Birodarlarimdan ularga kechirimli nazar bilan qarashlarini va qo’llaridan kelsa isloh etishlarini va mag’firat ila menga duo qilishlarini so’rab qolaman...

Аудио мавжуд эмас