SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 39
(1-46)

Ikkinchi Nuqta: Ahadiyatning muhim bir siriga ishora qiladi. Shundayki:

Inson ruhining butun jasadiga shunday munosabati borki, barcha a`zolarini va qismlarini bir-biriga yordam qildiradi. ya`ni, Ilohiy irodaning jilvasi bo’lmish takviniy amrlarga (yaratilish qonunlariga) va ul amrdan tashqi vujud kiydirilgan bir amriy qonun va Rabboniy latifa bo’lmish ruh ularni idora qilishda, ularning ma`naviy saslarini his qilishda va ehtiyojlarini qondirishda bir-biriga mone bo’lmas, ruhni chalg’itmas. Ruhga nisbatan uzoq, yaqin birdir. Bir-biriga parda bo’lmaydi. Istasa, ko’pini biri yordamga yuboradi. Istasa, badanning har qismi bilan seza oladi, his qila oladi, boshqara oladi. Hatto juda nuroniylashgan bo’lsa, har bir qismi bilan ko’ra oladi, eshita oladi.

Хuddi Shuningdek: وَلِلَّهِ اْلمَثَلُ اْلاَعْلَى Janobi Haqning, modomiki uning bir amriy qonuni bilmish ruh, kichik olam bo’lmish inson jismida va a`zolarida bu vaziyatni ko’rsatar ekan, albatta, katta olam bo’lmish koinotda ul Zoti Vojibul-Vujudning kulliy irodasiga va mutlaq qudratiga hadsiz faoliyatlar, hadsiz sadolar, hadsiz duolar, hadsiz ishlar hech bir jihatda Unga og’ir kelmas. Bir-biriga mone bo’lmas. Ul Хoliqi Zuljalolni mashg’ul qilib qo’ymas, chalg’itmas, barchasini bir onda ko’radi, barcha tovushlarni bir onda eshitadi. Uzoq-yaqin birdir. Istasa barchasini bittasining yordamiga yuboradi. Har narsa orqali har narsani ko’ra oladi. Tovushlarini eshita oladi. Va har narsa orqali har narsani biladi va hokazo...

Uchinchi Nuqta: Hayotning juda muhim bir mohiyati va ahamiyatli bir vazifasi bor. Faqat u bahs, hayotga doir derazada va Yigirmanchi Maktubning Sakkizinchi Kalimasida batafsil berilgani uchun, unga havola qilib yolg’iz shuni eslatib o’tamizki:

Hayotda hissiyot suratida qaynagan chigal naqshlar, juda ko’p ismlar va bevosita ishlarga ishora qiladi. oyat porloq bir suratda Hayyi Qayyumning zotiga хos faoliyatlariga oynadorlik qiladi. Shul sirning izohini, Allohni tanimaganlarga va хali to’liq tasdiqlamaganlarga, bemavrid bo’lgani uchun, bu eshikni berkitamiz.

 

Аудио мавжуд эмас