SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 36
(1-46)

Kel endi, "hudus"ga qaytaylik. Ilmi kalom olimlari deganlarki: Olam o’zgaruvchandir. Har o’zgaruvchan narsa hodisdir, Ya`ni yo’qdan vujudga kelguvchidir. Har bir hodisning bir muhdisi, ya`ni ijodkori bordir. Shunday ekan, bu koinotning Qadiym bir Ijodkori bor.

Biz ham deymiz: Ha koinot, hodisdir. Chunki ko’ryapmizki, har asrda, balki har yilda, balki har mavsumda bir koinot, bir olam ketadi, boshqa biri keladi. Demak, bir Qodiyri Zuljalol borki, bu koinotni yo’qdan ijod qilib, har yili, balki har mavsumda, balki har kuni birini ijod qilib, ong ahllariga ko’rsatadi. Va so’ngra uni olib, boshqasini keltiradi. Bir-birining orqasiga ulab, zanjir tarzida zamon tasmasiga osadi.

Albatta, bu olam kabi bittadan yangilanib turuvchi koinot hukmida bo’lgan har bahorda, ko’z o’ngimizda yo’qdan kelib ketuvchi koinotlarni ijod qilgan bir Zoti Qodiyrning qudrat mo’`jizalaridir. Albatta, olam ichra har vaqt olamlarni yaratib o’zgartirgan Zot, shu olamni ham, mutlaqo, U yaratgan. Va shu olamni va ro’yi zaminni ul ulkan musofirlariga mehmonхona qilib qurgan.

Endi "imkon" bahsiga kelaylik. Ilmi kalom olimlari deganlarki: "Imkon, "Mutasavviyyut-tarafayn"dir. Ya’ni, yo’qlik va mavjudlikning ikkisi ham teng bo’lsa, bir ajratuvchi, bir tanlovchi, bir ijod qiluvchi lozim. Chunki, mumkinot (imkoniyatlar) bir-birini ijod qilib ketma-ket davom etolmas. Yohud u buni, bu esa uni ijod etib davr suratida ham bo’lolmas. Shunday ekan, bir Vojibul-Vujud borki, bularni ijod qilmoqda." Davr va ketma-ketlikni o’n ikki dalil, ya`ni "arshiy" va "sullamiy" kabi nomlar bilan atalgan mashhur o’n ikki qat`iy dalil ila davrni botilga chiqarganlar va ketma-ketlikning amri-maholligini ko’rsatganlar. Sabablar silsilasini kesib, Vojibul-Vujudning mavjudligini isbotlaganlar.

Biz ham deymizki: Sabablar ketma-ketlikning dalillari ila olamning nihoyasida kesilganidan ko’ra, har narsada Хoliqi Kulli Shayga хos muhrni ko’rsatmoq, qat`iyroq, osonroqdir. Qur`onning fayzi ila barcha Derazalar va barcha So’zlar shu asos uzra qurilgan. Shu bilan birga "imkon" nuqtasining cheksiz bir kengligi bor, hadsiz jihatlarla Vojibul-Vujudning mavjudligini ko’rsatadi. Faqat, ilmi kalom olimlarining ketma-ketlikning kesilishi haqidagi yo’liga, garchi haqiqatan keng va buyuk bo’lsa-da, u yo’lgagina хos emas. Balki son-sanoqsiz yo’llar ila Vojibul-Vujudning ma`rifatiga yo’l ochadi, shundayki:

Аудио мавжуд эмас