SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 38
(1-46)

 

O’ttiz birinchi Deraza.

 

Shu deraza inson derazasidir va shahsga oiddir. Va shahsiylik jihatida bu derazaning tafsilotini minglab muhaqqiq (haqiqatgo’y) avliyolarning mufassal kitoblariga havola etib, faqatgina Qur`on fayzidan olganimiz bir necha asosga ishora qilamiz. Shundayki:

o’n birinchi so’zda bayon etilganidek: "Inson shunday jomi (serqirra) bir nusхaki, Janobi O’aq barcha ismlarini, insonning nafsi orqali insonga his etdiradi." Tafsilotini boshqa so’zlarga havola etib, faqat uch nuqtani ko’rsatamiz.

Birinchi Nuqta: Inson uch jihatla Ilohiy ismlarga bir oynadir.

Birinchi Jihat: Kechadagi zulmat nurni ko’rsatganidek, inson zaifligi va ojizligi ila, faqirligi va ehtiyojlari ila, noqisligi va qusuri ila bir Qodiyri Zuljalolning qudratini, quvvatini, boyligini, rahmatini bildiradi va hokazo, juda ko’p Ilohiy sifatlarga shu suratda oynadorlik qiladi. Hatto hadsiz ojizligi va benihoya zaifligida hadsiz dushmanlarga qarshi bir tayanch nuqtasi izlash bilan vijdoni doimo Vojibul-Vujudga intizor bo’ladi. Ham benihoya faqirligi, benihoya ehtiyojlari ichra behisob maqsadlarga erishtiruvchi bir madad nuqtasi izlashga majbur bo’lgani uchun, vijdon doimo ul nuqtadan bir aniyyi* Rahiymning dargohiga tayanadi, duoga qo’l ochadi. Demak, har bir vijdonda shu tayanch nuqtasi va madad nuqtasiga qarashli ikki kichik deraza Qodiyri Rahiymning borgohi rahmati sari ochiladi va har vaqt u orqali boqa oladi.

Oynadorlikning ikkinchi jihati esa: Insonga namunalar sifatida berilgan juz`iy ilm, qudrat, ko’rmoq, eshitmoq, mulkdorlik, hokimiyat kabi qobiliyatlari bilan koinot Molikining ilmini va qudratini, ko’rishini, eshitishini, hokimiyati rububiyatini ko’rsatuvchi oyna bo’ladi. Ularni anglaydi, bildiradi. Masalan, "Men qanday qilib shu uyni qurib va qurishni bilib va ko’rib va uning egasi bo’lib va boshqara olayotganimdek, koinot saroyining ham bir Ustasi bor. Ul Usta uni biladi, ko’radi, quradi, boshqaradi va hokazo..."

Oynadorlikning uchinchi jihati esa: Inson ustida naqshlari ko’ringan Ilohiy ismlarga oyna bo’ladi. O’ttiz Ikkinchi So’zning Uchinchi Mavqifining boshida bir oz izohlanganki, insonning jomi mohiyatida yetmishdan ziyod ismlarning naqshlari ko’rinadi. Masalan, yaratilishidan Soni`, Хoliq ismini, va bichimining go’zalligidan Rahmon va Rahiym ismlarini; va husni tarbiyasidan Kariym va Latif ismlarini va hokazo, barcha a`zo va olatlari bilan, jihozlari va gavharlari bilan, latif tuyg’ulari va ma`naviyati bilan, sezimlari va hissiyotlari bilan alohida-alohida ismlarning ayri-ayri naqshlarini ko’rsatadi. Demak, ismlar orasida bir ismi A`zam bo’lganidek ul ismlarning naqshlarida ham bir naqshi a`zam borki, u ham bo’lsa insondir.

Ey o’zini inson deb bilgan inson! O’zingni o’qi. Yo’qsa hayvon va jonsiz inson bo’lish ehtimoli bor!

Аудио мавжуд эмас