SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 35
(1-46)

O’ttizinchi Deraza.




Bu deraza, imkon va hudusga asoslangan umum ilmi kalom olimlarining derazasidir. Va Vojibul-Vujudga (mavjudligi muqarrar Zotni) qaratilgan yo’llaridir. Buning tafsilotini "Sharhul Mavoqif" va "Sharhul Maqosid" kabi, muhaqqiq olimlarning buyuk kitoblariga havola etib, yolg’iz Qur`onning fayzidan va shu derazadan ruhga kelgan bir-ikki shu`lani ko’rsatamiz. Shundayki:

Amirlikning va hokimlik taqozosi raqib qabul qilmaslikdir, Sheriklikni rad qilishdir, mudoхalani bartaraf qilishdir. Shuning uchun kichkina bir qishloqda ikkita rais bo’lsa, qishloqning osoyishtaligini va intizomini buzadilar. Bir nohiyada ikki mudir, bir viloyatda ikki hokim bo’lsa, ostin-ustin qiladilar. Bir mamlakatda ikki podishoh bo’lsa, qizg’in kurashlarga sababchi bo’ladilar.

Modomiki hokimiyat va amirlikning soyasining zaif bir ko’lankasi va kichik bir namunasi yordamga muhtoj ojiz insonlarda bunday raqobat va ziddiyatni va o’ziga o’хshaganning mudoхalasini (ya`ni aralashuvini) qabul qilmasa, ajabo mutlaq saltanat suratidagi hokimiyat va rububiyat (parvardigorlik) darajasidagi amirlik, bir Qodiyri Mutlaqda qay daraja o’zganing mudoхalasini rad qilish qonuni naqadar asosli bir suratda hukmini ijro etishini qiyos qil. Demak Uluhiyat (Ilohlik) va Rububiyatning (Parvardigorlikning) eng qat`iy va doimiy sharti Vahdat va infiroddir (yakkayu-yagonalikdir).

Bunga ochiq bir dalil va qat`iy shohid koinotdagi eng mukammal intizom va eng go’zal saranjomlikdir. Pashsha qanotidan tortib, samovot qandillariga qadar shunday bir intizom borki, aql uning qarshisida hayratidan va tahsinidan "Subhonalloh, Moshoalloh, Borakalloh" deb, sajda qiladi. Agar sherikka zarra miqdor o’rin bo’lsa edi, daхldorligi bo’lsa edi,لَوْ كَانَ فِيهِمَا آلِهَةٌ اِلاَّ اللّهُ لَفَسَدَتَا oYati kariymasining dalolatiga ko’ra, intizom buzilardi, surat o’zgarardi, fasod asari ko’ringan bo’lardi. Holbuki:
  

dalolati ila va shu ifodaga ko’ra inson nazari, qusurini topmoq uchun qanchalik urinmasin, hech qaerda qusur topolmay horg’in holda manzili bo’lmish ko’zga kelib, uni jo’natgan tanqidchi aqlga deydiki, "Behudaga charchadim, qusur yo’q". Bu bilan ko’rsatadiki, Nizom va intizom g’oyat mukammaldir. Demak, koinotdagi intizom -- Yagonalikning qat`iy shohididir.

Аудио мавжуд эмас