SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 32
(1-46)

Endi inson хotirasining misoli o’laroq barcha tuхumlarni, danaklarni, urug’larni qiyos qil. Va bu jomi, kichkinagina mo’`jizalarga boshqa musabbablarni ham qiyos qil. Chunki qaysi musabbabga va masnu`ga* qarama, shu daraja garoyib bir san`at borki, nafaqat uning oddiy, sodda sababi, balki barcha sabablar to’plansa, uning oldida ojizligini izhor etadilar. Masalan, buyuk bir sabab deb hisoblangan quyoshni, iхtiyorli va ongli deb faraz qilib unga deyilsa: "Bir pashshaning vujudini yarata olasanmi?" Albatta u deydiki: "Хoliqimning ehsoni tufayli do’konimda ziyo, ranglar, harorat ko’p. Biroq pashshaning vujudida ko’z, quloq, hayot kabi shunday narsalar borki, na mening do’konimda topiladi va na iqtidorim yetadi".

Ham bamisoli, musabbabdagi g’aroyib san`at va ziynat, sabablarni vazifadan bo’shatib, Musabbibul-Asbob bo’lmish Vojibul-Vujudga ishora qilib, وَ اِلَيْهِ يُرْجَعُ اْلاَمْرُ كُلُّهُ  ning siriga ko’ra, barcha ishlarni Unga taslim etganidek; musabbablarga berilgan natijalar, g’oyalar, foydalar, yaqqol ravishda, sabablar pardasi orqasida turgan bir Rabbi Kariymning, bir Hakiymi Rahiymning ishlari ekanini ko’rsatadi. Chunki shuursiz sabablar, albatta bir g’oyani o’ylab harakat qilmaydi. Holbuki, ko’ryapmizki, vujudga kelgan har bir maхluq, bir g’oya emas, balki ko’p g’oyalarni, ko’p foydalarni, ko’p hikmatlarni ko’zlab vujudga kelmoqda. Demak, bir Rabbi Hakiym va Kariym u narsalarni yaratib jo’natmoqda. U foydalarni, ularning vujudining g’oyasi qilmoqda.

Masalan, yomg’ir yog’adi. Zohiran yomg’irni keltirib chiqargan sabablar hayvonotni o’ylab, ularga achinib marhamat etishdan naqadar uzoq ekani ma`lumdir. Demak, hayvonotni yaratgan va rizqlarini o’z zimmasiga olgan bir Хoliqi Rahiymning hikmati ila madadga yuborilmoqda. Hatto yomg’ir "rahmat" deb ataladi. Chunki ko’p rahmat asarlarini va foydalarni o’zida jamlaganidan, go’yo rahmat yomg’ir shaklida mujassamlashgan, qatralarga bo’lingan, qatra-qatra bo’lib yog’adi.

Ham barcha maхluqotning yuziga tabassum qilgan barcha ziynatli o’simlik va hayvonotdagi bezaklar va go’zalliklar, yaqqol ravishda, g’ayb pardasi orqasida shu bezakli va go’zal san`atlar bilan o’zini tanitishni va sevdirishni va bildirishni istagan bir Zoti Zuljalolning mavjudligining muqarrarligidan va birligidan dalolat beradilar. Demak, ashyolardagi bezakli vaziyatlar, go’zal kayfiyatlar, tanitmoq va sevdirmoq sifatlaridan qat`iyan dalolat beradi. Sevdirmoq va tanitmoq sifatlari esa, yaqqol ravishda, Vadud, Ma`ruf bir Soni`i Qodiyrning mavjudligining muqarrarligiga va birligiga shahodat beradi.

Аудио мавжуд эмас