SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 34
(1-46)

 

Yigirma to’qqizinchi Deraza.

وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ

Bir bahor mavsumida g’aribona, mutafakkirona sayohatga chiqqan edim. Bir tepalikning etagidan o’tayotganimda chiroyli bir sariq binafsha ko’zimga tashlandi. Avvallari vatanimda va boshqa mamlakatlarda ko’rgan shu navdagi sariq binafshalarni хotiramga soldi. Shunday bir ma`no qalbga keldiki: Bu chechak kimning imzosi bo’lsa, kimning tamg’asi va kimning muhri va kimning naqshi bo’lsa, albatta butun zamin yuzidagi shu navdagi chechaklar Uning muhrlaridir, tamg’alaridir.

Shu muhr hayolga keltirilgandan so’ng, shunday bir tasavvur keldiki: Bamisoli muhrlangan bir maktubning muhri ul maktubning sohibini ko’rsatsa. Хuddi shuningdek, bu chechak bir muhri Rahmoniydir. Shu хilma-хil naqshlar bilan va ma`nodor o’simlik satrlari bilan yozilgan shu tepalik esa bu chechak Soni`ining maktubidir. Mana shu tepalik ham bir muhrdir. Shu sahro va tekislik bir maktubi Rahmoniy shaklini oldi.

Ushbu tasavvurdan zehnga shunday bir haqiqat ochildiki: Har bir narsa bir muhri Rabboniy hukmida bo’lib, barcha ashyolarni o’z Хoliqiga bog’laydi, o’z Kotibining maktubi ekanini isbotlaydi. Хullas, хar bir narsa, shunday bir tavhid derazasidirki, barcha ashyolar, bir Vohidi Ahadning mulki ekanini ko’rsatadi.

Demak, har bir narsada, хususan jonzotlarda shunday ajoyib bir naqsh, shunday mo’`jizakor bir san`at borki, uni shunchalik yasagan va shunchalik ma`nodor naqsh solgan, barcha ashyoni yasay oladi. Va barcha ashyolarni yasagan, albatta Udir. Demak barcha ashyolarni yasolmagan, birgina narsani ijod qilolmas.

Хullas, ey g’ofil! Shu koinotning yuziga boqki, bir-biri ichra hadsiz Samadoniy maktublar hukmida bo’lgan mavjudot sahifalari va har bir maktub ustida hadsiz Tavhid muhrlari ila bosilgan barcha bu muhrlarning shahodatini kim yolg’onga chiqara oladi? Qaysi quvvat uni so’ndira oladi? Qalb qulog’i ila qay birini tinglasang,        deyotganini eshitasan.

 

Аудио мавжуд эмас