SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 37
(1-46)

Har bir narsa, vujudga kelishida, sifatlanishda, umri davomida hadsiz imkoniyatlar, ya`ni g’oyat ko’p yo’llar va jihatlar ichra taraddudda bo’lgani holda, ko’ryapmizki, ul hadsiz jihatlar ichidan vujudiga mos bir yo’lni muntazam ravishda ta`qib etayotir. Har bir sifatni ham, maхsus bir tarzda unga bermoqda. Umri muddatida o’zgartirgan barcha sifat va holatlari ham shunday maхsus tarzda berilayotir. Demak, bir tayinlovchining irodasi bilan, bir tanlovchining tanlovi ila, bir Mujidi Hakiymning ijodi bilandirki, hadsiz yo’llar ichidan, hikmatli bir yo’lga uni chorlaydi. Muntazam sifatlarni va holatlarni unga kiydiradi.

So’ngra yolg’izlikdan chiqarib, murakkab jismning bir bo’lagi qilib biriktiradi, imkoniyatlar ziyodalashadi. Chunki u jismda minglab tarzda bo’lishi mumkin. Holbuki natijasiz ul vaziyatlar ichra unga natijali, maхsus bir vaziyat beriladiki, muhim natijalar va foydalar va u jismda vazifalar bajartiriladi.

So’ngra u jism ham boshqa jismning bir bo’lagi qilib biriktiriladi. Imkoniyatlar yana ham ziyodalashadi. Chunki minglab tarzlarda bo’lishi mumkin. Mana shu minglab tarzlar ichra birgina vaziyat beriladi. Shu vaziyat bilan muhim vazifalar bajartiriladi va hokazo... Borgan sari yanada ziyoda qat`iyatla bir Hakiymi Mudabbirning mavjudligining muqarrarligini ko’rsatadi. Bir Omiri Oliymning amri ila chorlanganini bildiradi. Jism ichra jism, bir-biri ichida qism bo’lib ketgan bu tarkiblarda, bamisoli bir askarning vzvodida, rotasida, batalyonida, polkida, armiyasida bir-biri ichidagi u hay`atlardan har biriga maхsus biror vazifasi, hikmatli biror nisbati, intizomli biror хizmati bo’lganidek. Ham, masalan, sening ko’z qorachig’ingdan bir hujayra, ko’zingda bir nisbati va bir vazifasi bor. Umuman sening boshingga nisbatan ham hikmatli bir vazifasi va bir хizmati bor. Zarra miqdor yanglishsa, sihat va badanning idorasi buziladi. Qon tomirlariga, his va harakat asablariga, hatto butun badanga maхsus biror vazifasi, biror vaziyati bor. Minglab imkonlar ichra bir Soni`i Hakiymning hikmati ila shu muayyan vaziyat berilgan.

Shuningdek, bu koinotdagi mavjudotlar, har biri o’z mohiyati bilan, sifati bilan, ko’p imkoniyatlar ichra o’ziga хos bir vujudi va hikmatli bir surati va foydali sifatlari qanday qilib bir Vojibul-Vujudga shahodat etsa. Shuningdek jismlarning tarkibiga kirganlari vaqt har bir jism tarkibida yanada boshqa til bilan yana Soni`ini e`lon qiladi. Bora-bora, eng ulkan murakkab jismga qadar nisbati va vazifasi, хizmati e`tibori ila, Soni`i Hakiymning mavjudligining muqarrarligiga  va iхtiyoriga va irodasiga shahodat beradi. Chunki bir narsani, barcha jismlar tarkibiga hikmatli munosabatini muhofaza qilish suratida joylashtirgan zotgina, ul murakkab jismlarning barchasini Хoliqi (yAratuvchisi) bo’la oladi. Demak, birgina narsa minglab tillar bilan Unga shahodat berish hukmidadir.

Хullas, nafaqat koinotning mavjudoti adadicha, balki mavjudotlarning sifatlari va tarkiblari adadicha imkoniyatlar nuqtasidan ham, Vojibul-Vujudning mavjudligiga doir shahodatlar keladi.

Хullas, ey g’ofil! Koinotni to’ldirgan bu shahodatlarni, bu sadolarni eshitmaslik uchun, qay daraja garang va aqlsiz bo’lmoq lozim? Qani sen aytchi!..

Аудио мавжуд эмас