SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 40
(1-46)

O’ttiz ikkinchi Deraza.

 

Bu deraza, Risolat osmonining quyoshi, balki quyoshlar quyoshi bo’lmiSh Hazrati Muhammad Alayhissalotu Vassalomning derazasidir. Shu g’oyat porloq va juda buyuk va o’ta nuroniy deraza, o’ttiz Birinchi So’z bo’lmiSh Me`roj Risolasi ila o’n to’qqizinchi So’z bo’lmish Nubuvvati Ahmadiya (Alayhissalotu Vassalom) Risolasida va o’n to’qqiz Ishoradan iborat O’n To’qqizinchi Maktubda, qanchalik nuroniy va zohir ekani isbotlangani uchun, ul ikki So’zni va ul Maktubni va ul Maktubning o’n to’qqizinchi Ishorasini bu maqomda o’ylab, so’zni ularga havola qilib, yolg’iz shuni aytamizki:

Tavhidning notiq hujjati bo’lmish Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalom risolat va valiylik qanotlari ila, ya`ni o’zidan avvalgi barcha anbiyolarning tavoturla hamjihatliklarini va o’zidan so’ng kelgan barcha avliyolarning va asfiyolarning hamjihatlikdagi tavoturlarini o’zida jamlagan bir quvvat ila, butun hayotida bor quvvati bilan Vahdoniyatni e`lon etgan. Va Olami Islom kabi keng, porloq, nuroniy derazani ma`rifatulloh sari ochgan. Imomi G’azzoliy, Imomi Rabboniy, Muhyiddin Arabiy, Abdulqodir Geyloniy kabi millionlab muhaqqiq asfiyolar va siddiqinlar ul derazadan boqayotirlar, boshqalarga ham ko’rsatayotirlar.

Ajabo bunday bir derazani berkitadigan bir parda bormi? Va uni tuhmatga qo’yib, bu derazadan boqmaganning aqli bormi? Qani, o’zing ayt-chi!

 

Аудио мавжуд эмас