SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 33
(1-46)

Alhosil: Sabab g’oyat oddiy, ojiz; va undan deb bilingan, musabbab esa g’oyat san`atli va qiymatli bo’lgani uchun sababni yaratishdan chetlatadi. Ham musabbabning g’oyasi va foydasi johil va jonsiz bo’lgan sabablarni o’rtadan otadi, bir Soni`i Hakiymga ishora qiladi.

Ey sababparast bechora! Bu uch muhim haqiqatni nima bilan izohlay olasan? Sen qanday qilib o’zingni alday olasan? Aqling bo’lsa, sabablar pardasini yirt, "Vahdahu la sharika lah" de, hadsiz vahimalardan qutil!

 


Yigirma sakkizinchi Deraza.



Shu koinotga boqib ko’ryapmizki, badan hujayralaridan tortib, to butun olamni o’z ichiga olgan bir hikmat va intizom bor.

Badan hujayralariga boqib ko’ryapmizki, badanning foydalarini ko’zlagan va boshqarayotgan bir zotning amri ila, qonuni ila shu kichkina hujralarda ahamiyatli bir tadbir bor. Bamisoli bir qism rizq ichki yog’lar suratida oshqozonda to’planib, ehtiyoj bo’lgan vaqtda sarflansa, aynan u kichkina hujralarda ham, shundayin sarflanish va to’planish bor.

O’simliklarga nazar solsak, nihoyat darajada hakiymona bir tarbiya, bir tadbir ko’rinadi.

Hayvonotga nazar solsak, nihoyat darajada kariymona bir tarbiya va oziqlantirishni ko’ramiz.

Koinotning azim arkonlariga nazar solsak, muhim g’oyalar uchun hashamatkorona bir aylantirilish va yoritiliyhni ko’ramiz.

Butun olamga nazar solsak, muntazam bir mamlakat, bir shahar, bir saroy hukmida, oliy hikmatlar, qiymatli g’oyalar uchun, mukammal tarzda nizomga solinganini ko’ramiz. o’ttiz Ikkinchi So’zning Birinchi Mavqifida izoh va isbotlanganiga binoan, bir zarradan tortib, to yulduzlarga qadar har narsa, zarra miqdor shirkka o’rin qoldirmaydi. Shunchalik bir-birlariga ma`nan bog’liqdirlarki, butun yulduzlarni bo’ysundirmagan va dastida tutmagan, bir zarraga so’zini o’tkazolmaydi. Bir zarraga haqiqiy Rabb bo’lish uchun, barcha yulduzlarga sohib bo’lmoq lozim bo’ladi. Ham, o’ttiz Ikkinchi So’zning Ikkinchi Mavqifida izoh va isbotlanganiga binoan, osmonlarni yaratish va bir maromga keltirishga iqtidori yetmagan, insonning siymosida maхsus alomatlarni jonlantirolmas. 

Demak, butun osmonlarning Rabbi bo’lmagan, bir insonning yuzidagi farqli alomati bo’lmish siymosining naqshini chizolmas. Mana koinot qadar buyuk bir derazaki, u orqali qaralsa:


oyatlari, ulkan harflarla koinot sahifasida yozilgani, aql ko’zi bilan ham ko’riladi. Unday bo’lsa, ko’rmaganning yo aqli yo’q, yo qalbi yo’q. Va yo inson suratidagi bir hayvondir!

Аудио мавжуд эмас