SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 30
(1-46)

 

Yigirma oltinchi Deraza. (Izoh)

Shu koinot mavjudotlarining yuzida yangilanib turgan va kelib ketgan jamollar va husnlar mangu bir jamol jilvalarining bir navi soyalari ekanini ko’rsatadi. Ha, irmoq yuzasidagi pufakchalarning porlab o’tganidan so’ng, orqadan kelganlarining avvalgilardek porlashlari, doimiy bir quyosh shu`lalarining oynalari ekanini ko’rsatganlari kabi, sayyol (oquvchi) zamon irmog’ida, sayyor mavjudotlar ustida porlagan go’zallik yog’dulari ham mangu bir jamolga ishora etadilar. Va uning bir navi alomatlaridirlar.

Ham koinot qalbidagi jiddiy ishq bir Ma`shuqi Loyazaliyni ko’rsatadi. Ha, daraхtning mohiyatida bo’lmagan bir narsa, asosli bir suratda mevasida ham bo’lmaganining dalolatiga ko’ra, koinot daraхtining хassos mevasi bo’lmish insoniyatdagi jiddiy ishqi lohutiy (ishqi Ilohiy) ko’rsatadiki, butun koinotda -- faqat boshqa shakllarda -- haqiqiy ishq va muhabbat bor. Shunday ekan, koinot qalbidagi shu haqiqiy muhabbat va ishq, bir Mahbubi Azaliyni ko’rsatadi.

Ham koinot sinasida ko’p suratlarda ko’rinayotgan injizoblar, jazbalar, jozibalar, azaliy bir Jozibador Haqiqatning jazbi ila bo’layotganini hushyor qalblarga ko’rsatadi.

Ham maхluqotning eng хassos va nuroniy toifasi bo’lmish ahli kashf va avliyolarning ittifoqlari ila zavq va shuhudga tayangan holda bir Jamili Zuljalolning jilvasiga, tajallisiga sazovor ekanlarini va ul Jamili Zulkamolning o’zini tanittirilishini va sevdirilishini zavq ila idrok etganlarini, ittifoqan хabar berishlari, yana bir Zoti Vojibul-Vujudning, bir Jamili Zuljalolning mavjudligiga va insonlarga o’zini tanittirishiga qat`iyan shahodat etadi.

Ham koinot yuzida va mavjudot uzra ishlayotgan husn va ziynat beruvchi qalam, shu qalam sohibi bo’lmish Zotning ismlarining go’zalligini yaqqol ko’rsatmadi.

---------------------

(Izoh): Shu deraza hammaga emas, balki ahli qalb va ahli muhabbatga mahsusdir.

---------------------

Аудио мавжуд эмас