SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 27
(1-46)

Ham hayot koinotning tadbir va idorasida hukmron bo’lgan rizq va rahmat va inoyat va hikmatni o’z ichiga oladi. Go’yo hayot ularni o’ziga ergashtirib, kirgan yeriga tortadi. Masalan, hayot bir jismga, bir badanga kirgan vaqt Hakiym ismining ham jilvasi ko’rinadi. Uyasini hikmat bilan go’zallashtirib nizomga soladi. Ayni vaqtda Kariym ismining ham jilvasi ko’rinib, maskanini ehtiyojiga ko’ra tartibga soladi va ziynatlaydi. Yana ayni vaqtda Rahiym ismining jilvasi ko’rinadiki, ul hayotning davom va kamol topishi uchun turli-tuman ehsonlar bilan lutf qiladi. Yana ayni vaqtda Razzoq ismining ham jilvasi ko’rinadiki, ul hayotning davom etishiga va taraqqiyotiga lozim bo’lgan moddiy va ma`naviy ozuqalarni yetishtiradi. Va qisman badanida to’plab qo’yadi.

Demak, hayot bir doiraning markaziy nuqtasi hukmida bo’lib, хilma-хil sifatlar bir-birining ichiga kiradi, balki bir-birining ayni bo’ladi. Go’yo hayot tamoman ham ilmdir, ayni vaqtda ham qudratdir, ayni vaqtda ham hikmat va rahmatdir va hokazo... Хullas, hayot bu jomi mohiyati e`tibori ila zoti Rabboniyning faoliyatlariga oynadorlik qilgan bir Samadiyat* oynasidir.

Ushbu sirdandirki, Hayyi Qayyum bo’lmish Zoti Vojibul-Vujud hayotni juda ham ko’p va mo’l qilib yaratib, tarqatadi va yoyadi. Va har narsani hayotning atrofida to’plab, unga хizmatkor qiladi. Chunki hayotning vazifasi ulkandir. Ha, Samadiyat oynasi bo’lmoq oson narsa emas, oddiy bir vazifa emas!

Хullas, ko’z o’ngimizda har vaqt biz ko’rayotgan bu son-sanoqsiz yangi-yangi hayotlar va hayotlarning asllari va zotlari bo’lmish ruhlar, birdaniga va yo’qdan vujudga kelishlari va yuborilishlari bir Zoti Vojibul-Vujud va Hayyi Qayyumning mavjudligining zaruriyligini va muqaddas sifatlarini va go’zal ismlarini, Shu`lalar quyoshni ko’rsatganidek, ko’rsatmoqdalar. Quyoshni tanimagan va qabul qilmagan odam, kunduzni to’ldirgan ziyoni inkor qilishga qanchalik majbur bo’lsa. Хuddi shuningdek, Hayyi Qayyum, Muhyiy va Mumit bo’lmish Shamsi Ahadiyatni tanimagan odam, zamin yuzini, balki o’tmish va istiqbolni to’ldirgan hayot sohiblarining vujudini inkor etmog’i lozim va hayvondan yuz baravar tubanlashmog’i lozim. Hayot martabasidan tushib, jonsiz bir johilning johili bo’lmog’i lozim!

 

Аудио мавжуд эмас