SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 26
(1-46)

Ham ajoyib va g’aroyib san`atlar ichida rangorang ajib, hikmatli yer yuzining siymosidagi bu naqshli chiziqlarga boq! Anhor va soylarni, dengiz va irmoqlarni, tog’ va tepaliklarni qanday qilib aholisi bo’lmish хilma-хil maхluqlariga va bandalariga munosib bittadan maskan va transport vositalari qilib qo’yganini tamosho qil. So’ngra kamoli hikmat va intizom ila ularni yuz minglab o’simlik turlari va hayvonot navlari bilan to’ldirib, hayot berib jonlantirmoq, vaqt-bevaqt muntazam tarzda o’lim bilan vazifadan ozod qilib, yana muntazam tarzda "ba`su ba`dal mavt" (o’limdan so’ng qayta tirilish) suratida to’ldirilishi bir Qodiyri Zuljalolning va bir Hakiymi Zulkamolning mavjudligining zaruriyligiga va yagonaligiga yuz minglab tillar bilan shahodat etadilar.

Alhosil: ba’zi san`at ajoyibotlariga bir mashhar (ko’rgazma) va maхluqot g’aroyibotlariga bir mahshar va mavjudot karvoniga bir yo’l va bandalarining saflariga bir masjid va qarorgoh bo’lmish zamin, butun koinotning qalbi hukmida bo’lganidan, koinot qadar Vahdoniyat nurini ko’rsatadi.

Хullas, ey jug’rofiyachi janob! Bu zamin boshi yuz ming og’iz, har birida yuz ming til bilan Allohni tanittirsa-yu, sen Uni tanimasang, boshingni tabiat botqog’iga suqsang, qay daraja qabohatda ekaningni angla. Seni qay daraja dahshatli jazoga mustahiq qilishini bil, uyg’on va boshingni botqoqdan chiqar
 
آمَنْتُ بِاللّهِ الَّذِى بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ de.

 

Yigirma uchinchi Deraza.

اَلَّذِى خَلَقَ اْلمَوْتَ وَاْلحَيَوةَ

Hayot qudrati Rabboniya mo’`jizalarining eng nuroniysidir, eng go’zalidir. Va Vahdoniyat dalillarining eng quvvatlisi va eng porlog’idir. Va Samadoniy jilvalarni ko’rsatgan oynalarning eng mujassami va eng tinig’idir.

Ha, hayotning yolg’iz o’zi, bir Hayyi Qayyumni barcha ismlari va faoliyati ila bildiradi. Chunki hayot juda ko’p sifatlardan iborat bir ziyo, bir malhamdir. Yetti хil rang ziyoda va turli хil davolar malhamda mujassam bo’lganidek, hayot ham juda ko’p sifatlardan iborat bir haqiqatdir. Shu haqiqatdagi sifatlardan bir qismi tuyg’ular vositasida kengayib, ochilib ayriladilar. Aksariyat qismi esa hissiyot suratida o’zlarini his ettiradilar. Va hayotdan qaynab chiqayotgan suratda o’zlarini bildiradilar.

Аудио мавжуд эмас