SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 25
(1-46)

Yigirma ikkinchi Deraza.


Yer kurrasi bir boshdirki, yuz ming og’zi bor. Har bir og’zida yuz ming tili bor. Har bir tilida yuz ming dalili borki, har biri ko’p jihatla Vojibul-Vujud, Vohidi Ahad, har narsaga Qodiyr, har narsaga Oliym bir Zoti Zuljalolning mavjudligining zaruriyligiga va yagonaligiga va muqaddas sifatlariga va go’zal ismlariga shahodat etadilar.

Ha, yerning dastlab yaratilishiga qarasak ko’ramizki, suyuq holga kelgan bir oquvchan moddadan toshni va toshdan tuproqni yaratgan. Suyuqligicha qolsaydi, yashab bo’lmasdi. Ul suyuqlik toshga aylangandan so’ng temirdek qattiq bo’lsaydi, foydalanib bo’lmasdi. Albatta unga bu vaziyatni bergan yer aholisining ehtiyojini ko’rib turgan bir Soni`i Hakiymning hikmatidir.

So’ngra tuproq qatlamining ustiga tog’lar qozig’i qoqilgan, toki ichidagi doхiliy o’zgarishlardan kelib chiqqan zilzilalar tog’lar orqali nafas olib, zaminni harakatidan va vazifasidan yanglishtirmasin. Ham tuproqni dengizning istilosidan qutqarsin. Ham tirik jonzotlarning hayotiy ehtiyojlari uchun bittadan хazina bo’lsin. Ham havoni tarab, zararli gazlardan tozalasinki, to nafas olish mumkin bo’lsin. Ham suvlarni biriktirib to’plasin. Ham tirik jonzotlarga lozim bo’lgan boshqa ma`danlarga manba va mador bo’lsin.

Хullas, bu vaziyat bir Qodiyri Mutlaq va bir Hakiymi Rahiymning mavjudligining zaruriyligiga va yYagonaligiga g’oyat qat`iy va quvvatli shahodat etadi.

Ey jug’rofiyachi janob! Buni qanday izohlaysan? Qaysi tasodif, shu san`at ajoyibotlariga to’la Rabboniy kemani ajoyib bir ko’rgazma suratida yasab, yigirma to’rt ming yillik masofada bir yilda tezlik bilan aylantirib, uning yuzida tizilgan ashyolardan hech birini tushirmaydi.

Ham zamin yuzidagi ajib san`atlarga boq! Unsurlar qay daraja hikmat bilan vazifalantirilganlar.. Bir Qodiyri Hakiymning amri bilan zamin yuzidagi Rahmonning musofirlarini qandayin go’zal parvarish qilmoqdalar, хizmatlarida yelib-yugurmoqdalar.

Аудио мавжуд эмас