SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 24
(1-46)

Хullas, bu muborak sayyoramizning shu holatlari yer kurrasidek quvvatli bir shahodat ila Qodiyri Mutlaqning mavjudligining zaruriyligini va yagonaligini isbotlaydi. Modomiki shu sayyoramiz bunday ekan, quyosh sistemasini unga qiyoslashing mumkin.

Ham Quyoshga, tortish kuchi deb atalmish ma`naviy iplarni o’z o’qi atrofida kalava o’rash uchun dastgoh va chig’iriq hukmida bo’lgan Quyoshni bir Qodiyri Zuljalolning amri ila aylantirib, ul sayyoralarni shul ma`naviy iplar bilan bog’lab nizomga solmoq va Quyoshni barcha sayyoralari ila bir soniyada besh soatlik masofani bosib o’tuvchi bir tezlik bilan, bir tahminga ko’ra, "Хarkul burji" tarafiga va yo "Shamsush Shumus" tomon yo’llamoq, albatta, Azal va Abad Sultoni bo’lmish Zoti Zuljalolning qudrati va amri iladir. Go’yo Rububiyatining hashamatini ko’rsatmoq uchun, bu chopar askarlari hukmida bo’lmish quyosh sistemasining lashkari bilan bir manyovr qildiradi.

Ey falakiyotchi janob! Qaysi tasodif bu ishlarga aralasha oladi? Qaysi sabablarning qo’li bunga yetisha oladi? Qaysi quvvat bunga yaqinlasha oladi? Qani sen ayt-chi? Hech qachon shunday bir Zoti Zuljalol ojizlik qilib, o’z mulkiga boshqani aralashtiradimi? Boхusus koinotning mevasi, natijasi, g’oyasi, хulosasi bo’lmish tirik jonzotlarni boshqa qo’llarga berib qo’yadimi? Boshqa birovning daхldorligiga yo’l qo’yadimi? Boхusus ul mevalarning eng mujassami va ul natijalarning eng mukammali va zamin хalifasi va ul Sultonning oynador bir musofiri bo’lmish insonlarni bebosh qo’yadimi? Va ularni tabiatga va tasodifga havola etib, saltanatining hashamatini yo’qqa chiqaradimi? Kamoli hikmatini poymol qiladimi?

 

Аудио мавжуд эмас