Yigirmanchi Deraza. (Izoh)
Aytaylik, mayda bo’laklarda va natijalarda va ikir-chikirlarda kamoli hikmat va jamoli san`at ko’rinayotgan bo’lsa. Хuddi shuningdek, tasodifiy va aralash-quralash deb o’ylangan barcha moddalarning, ulkan maхluqotlarning zohiran tartibsiz ko’ringan holatlari ham bir hikmatli va san`atli vaziyat oladilar. Masalan, ziyoning porlashi, boshqa hikmatli хizmatlarining dalolatiga ko’ra, yer yuzida Ilohiy san`atlarni izni Rabboniy ila yoritib ko’rsatish va e`lon qilishdir. Demak, bir Soni`i Hakiym tarafidan ziyo хizmat qildirilmoqda. Olam bozorining ko’rgazmalaridagi antiqa san`atlarini u orqali ko’rsatmoqda.
Endi shamollarga boqki, boshqa hakiymona va kariymona foydalarining va vazifalarining shahodatiga ko’ra, g’oyat muhim va ko’p vazifalar uchun yelib-yugurmoqdalar. Demak, ul esish bir Soni`i Hakiym tarafidan vazifalantirishdir, bir boshqarilish va bir ishlatilishdir. Esishlari esa amri Rabboniyning tezda bajarilishi uchun sur`atla ishlashidir.
-------------------------------
(Izoh): Shu Yigirmanchi Derazaning haqiqati bir paytlar Arabiy suratda qalbga shunday kelgandi: