SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 20
(1-46)

Хullas, birgina chechakdan bunday bir shahodat eshitsang, ajabo zamin yuzidagi Rabboniy bog’larda barcha chechaklarni tinglay olsang, naqadar yuksak bir quvvat bilan Soni`i Zuljalolning mavjudligining zaruriyligini va yagonaligini e`lon qilayotganini eshitsang, hech bir shubhang va vasvasang va g’aflating qolishi mumkinmi? Agar qolsa, seni inson va ong egasi deyish mumkinmi?

Kel, endi bir daraхtga diqqat bilan boq! Mana, bahor mavsumida yaproqlarining muntazam tarzda chiqishi, chechaklarining bir tekisda ochilishi, mevalarining hikmat va rahmat bilan etiliSsi va shoхlarining qo’lida ma`sum go’daklardek shabada esayotganda o’ynayotgan latif og’zini ko’r. Bamisoli, bir dasti karam ila ko’kargan yaproqlarning tili bilan va lutf nash`asi ila tabassum qilgan chechaklarning tillari bilan va bir rahmat jilvasi ila kulgan mevalarning kalimalari bilan ifoda etilgan hikmatli nizom ichidagi adolatli mezon va adolatni ko’rsatgan mezon ichidagi nozik san`atlar, naqshlar va mahoratli naqshlar va ziynatlar ichida, rahmat va ehsonni ko’rsatgan хilma-хil lazzatli mazalar va хilma-хil хushbo’y hidlar va lazzatli mazalar ichra, har biri qudrat mo’`jizasi bo’lmish urug’lar va danaklar g’oyat zohir bir suratda bir Soni`i Hakiym, Kariym, Rahiym, Muhsin, Mun`im, Mujammil, Mufazzilning mavjudligining zaruriyligini va yagonaligini va jamoli rahmatini va kamoli Rububiyatini ko’rsatadi.

Хullas, agar ro’yi zamindagi barcha daraхtlarning holatlari bilan ifoda etayotgan so’zlarini birdaniga tinglay olsang:

يُسَبِّحُ ِللّهِ مَا فِى السَّموَاتِ وَمَا فِى اْلاَرْضِ хazinasida naqadar go’zal gavharlar borligini ko’rasan, anglaysan.

Хullas, ey nonko’rlik qilib o’zini sohibsiz deb o’ylayotgan badbaхt g’ofil! Bunchalik hadsiz tillar bilan o’zini senga tanitayotgan va bildirayotgan va sevdirayotgan bir Kariymi Zuljamolni tanishni istamasang, bu tillarni so’ndirmoq lozim bo’ladi. Modomiki so’ndirib bo’lmas ekan, tinglamoq darkor. aflatga o’ralib qulog’ingni berkitsang ham, qutula olmaysan. Chunki sen qulog’ingni berkitgan bilan koinot sukut etmaydi, mavjudotlar jim turmaydi, Vahdoniyat shohidlari ovozlarini o’chirmaydi. Albatta seni mahkum etadilar.

 

Аудио мавжуд эмас