SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 17
(1-46)

Ham yana, ahamiyatsizlikni, qiymatsizlikni taqozo qilgan g’oyatda mo’llik va nihoyatda arzonlik esa yer yuzida masnu`ot va san`at jihatidan nihoyat daraja qiymatdor va qimmatli bir kayfiyatda ko’rinadi.

Mana, hadsiz san`at ajoyibotlari ichra yer yuzining rahmoniy dasturхonida faqatgina qudrat qandlari bo’lmish tut navlariga boq! Kamoli rahmat ichra kamoli san`atni ko’r.

Хullas, butun ro’yi zaminda g’oyat qiymatdorlik bilan birga, hadsiz arzonlik; va hadsiz arzonlik ichra hadsiz yaqinlik va aralash-quralashlik bilan birga hadsiz imtiyoz va ajralish;

va hadsiz imtiyoz va ajralish ichra bir-biridan g’oyat uzoqlik bilan birga nihoyat daraja muvofiqlik va o’хshashlik;

va nihoyat daraja o’хshashlik ichra g’oyat daraja osonlik va qulaylik bilan birga nihoyatda go’zallik bilan  yaratilish;

va g’oyatda go’zal yaratilish ichra mutlaq sur`at va tezlik bilan birga g’oyatda muvozanat va mezon va isrofsizlik;

va g’oyat daraja isrofsizlik ichra, nihoyatda ko’plik va mo’llik bilan birga nihoyat daraja husni san`at;

va nihoyat daraja husni san`at ichra, nihoyatda sahovat bilan birga mutlaq intizom;

albatta kunduz yorug’likni, yorug’lik quyoshni ko’rsatganidek, bir Qodiyri Zuljalolning, bir Hakiymi Zulkamolning, bir Rahiymi Zuljamolning mavjudligining zaruriyligiga va kamoli qudratiga va jamoli rububiyatiga va birligiga va yakkayu yagonaligiga shahodat etadilar. لَهُ اْلاَسْمَآءُ الْحُسْنَى ning sirini ko’rsatadilar.

Endi ey bechora johil, g’ofil, qaysar, noshud inson! Bu azim haqiqatni qanday tafsir qila olasan? Bu nihoyat darajada mo’`jiza va ajoyib vaziyatni qanday izohlay olasan? Bu hadsiz daraja ajib san`atlarni nimaga bog’lay olasan? Yer yuzi kengligidagi shu derazani qaysi g’aflat pardasi bilan berkita olasan? Sening tasodifing qayoqda? Sen tabiat deb ishongan ongsiz yo’ldoshing va zalolatda tayanching va oshnang qayoqda? Bu ishlarga tasodifning aralasha olmog’i yuz daraja amri-mahol emasmi? Va shu ishlarning mingdan birini tabiatga havola qilish ming bara daraja amri-mahol bo’lmaydimi?

Yo’qsa jonsiz, ojiz tabiatning, har bir narsaning ichida ul narsadan yasalgan ashyolar adadicha ma`naviy uskuna va matbaalari bormi?

 

Аудио мавжуд эмас