SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 14
(1-46)

O’n to’rtinchi Deraza.



sirlariga ko’ra, har bir narsa har narsasida va har bir ishida birgina Хoliqi Zuljalolga muhtojdir. Ha, koinotdagi mavjudotlarga qarab ko’ramizki:

Mutlaq zaiflik ichra mutlaq bir quvvat namoyon bo’ladi. Va mutlaq ojizlik ichra mutlaq bir qudratning asari ko’rinadi. Masalan, o’simliklarning urug’lari va ildizlaridagi hayot negizlarining uyg’onish vaqtida ko’rsatgan ajib vaziyatlari kabi.

Ham mutlaq faqr va qashshoqlik ichra mutlaq bir boylik namoyon bo’ladi. Qishdagi tuproqning va daraхtlarning faqirona vaziyatlari va bahorda dabdabali sarvat va boyliklari kabi.

Ham mutlaq jonsizlik ichra mutlaq hayotning sizib chiqayotgani ko’rinadi. Jonsiz unsurlarning hayotdor moddalarga aylanishi kabi.

Ham mutlaq jaholat ichra keng bir shuurning namoyon bo’lishi ko’rinadi. Zarralardan yulduzlarga qadar har bir narsaning harakatlarida — olam nizomlariga va hayot qonunlariga va hikmat talablariga muvofiq harakat qilishlari va shuurli tarzdagi vaziyatlari kabi.

Хullas, bu ojizlikdagi qudrat va zaiflikdagi quvvat va faqirlikdagi boylik va jonsizlik va jaholatdagi hayot va shuur, yaqqol tarzda va zarurat darajasida, bir Qodiyri Mutlaq va Qoviyi Mutlaq va aniyi Mutlaq va Oliymi Mutlaq va Hayi Qayyum bir Zotning mavjudligining zaruriyligiga va yagonaligiga qarata har tarafdan derazalar ochadi. Jami bir bo’lganda esa buyuk bir miqyosda nuroniy bir yo’lni ko’rsatadi.

Хullas, ey tabiat botqog’iga tushgan g’ofil! Agar tabiatni tashlab Ilohiy qudratni tanimasang, har bir narsada, hatto har bir zarrada, hadsiz bir quvvat va qudrat va benihoya bir hikmat va mahorat, balki barcha ashyolarni ko’radigan, biladigan, boshqaradigan bir iqtidor bor deb qabul qilish lozim bo’ladi.

 

O’n beshinchi Deraza.

اَلَّذِى اَحْسَنَ كُلَّ شَىْءٍ خَلَقَهُ siriga ko’ra, har bir narsaga, uning mohiyatidagi qobiliyatiga ko’ra kamoli mezon va intizom ila bichilib, chiroyli san`at ila tartibga solinib, eng qisqa yo’lda, eng go’zal suratda, eng oson tarzda, iste`mol qilish jihatidan eng qulay bir shaklda (masalan qushlarning liboslariga va har vaqt patlarini qulaylik bilan o’ynatishlariga va iste`mol qilishlariga boq), ham isrofsiz hikmatli bir tarzda vujud bermoq va surat kiydirmoq ashyolar adadicha tillar bilan bir Soni`i Hakiymning mavjudligining zaruriyligiga shahodat va bir Qodiyri Oliymi Mutlaqqa ishora etadilar.

Аудио мавжуд эмас