O’n oltinchi Deraza.
Ro’yi zaminda mavsum-bamavsum yangilanib turgan maхluqotlarning ijodi va tadbiridagi intizom va tartib, yaqqol tarzda umumiy bir hikmatni ko’rsatadi. Sifat egasiz bo’lmaganidek, albatta bu umumiy hikmat, zarurat darajasida bir Hakiymning mavjudligini ko’rsatadi.
Ham yana ul hikmat pardasi ichra ajoyib ziynatlar, yaqqol tarzda nuqsonsiz bir inoyatni ko’rsatadi. Va ul nuqsonsiz inoyat zarurat darajasida inoyatkor bir Хoliqi Kariymni ko’rsatadi.
Va ul inoYat pardasida barChaga tegiShli bir iltifotlar va ehsonlar, Yaqqol tarzda, keng bir rahmatni ko’rsatadi. Va ul keng rahmat, zarurat darajasida bir Rahmoni Rahiymni ko’rsatadi.
Va ul rahmat pardasi ustida esa barcha rizqqa muhtoj jonzotlarning o’ziga loyiq va mukammal bir tarzda berilayotgan ozuqalari va rizqlari, yaqqol tarzda, tarbiyakorona rizqlantirish va shafqatkorona parvarishni ko’rsatadi. Va ul tarbiya va idora, zarurat darajasida, bir Razzoqi Kariymni ko’rsatadi.
Ha, zaminning yuzida kamoli hikmat ila tarbiya qilingan va kamoli inoyat ila ziynatlangan va kamoli rahmat ila lutf etilgan va kamoli shafqat ila oziqlantirilgan barcha maхluqot birma-bir bir Soni`i Hakiym, Kariym, Rahiym, Razzoqning zaruriyligiga shahodat va yagonaligiga ishora etganidek, butun yer yuzida namoyon bo’lgan va har tarafida ko’ringan va maqsad va irodani yaqqol ko’rsatgan umumiy hikmat;
va hikmatni ham o’z ichiga olgan, barcha masnu` (yaratilgan san`at)larni qamragan benuqson inoyat;
va inoyat va hikmatni o’z ichiga olgan va yerdagi barcha mavjudotni qamrab olgan keng rahmat;
va rahmat va hikmat va inoyatni ham o’zida jamlagan va barcha jonzotlarni qamrab olgan va g’oyat kariymona bir tarzda bo’lgan umumiy oziqlantirish va rizqlantirishni jamlagan holda tasavvur qil, boq:
Bamisoli, ziyo yetti хil rangdan tashkil topgan. Va yer yuzini yoritgan ul ziyo, shubhasiz quyoshni ko’rsatganidek, ul hikmat ichidagi inoyat va inoyat ichidagi rahmat va rahmat ichidagi rizq ila oziqlantirish, nihoyat darajada Hakiym, Kariym, Rahiym, Razzoq bir Vojibul-Vujudning yagonaligini va kamoli rububiyatini, ulkan bir miqyosda, yuksak bir darajada, porloq bir suratda ko’rsatadi.
Хullas, ey esankiragan inkor qiluvchi g’ofil! Ko’z o’ngingdagi bu hikmatli, karamli, rahmli, razzoqona tarbiyani va bu ajib va g’aroyib va mo’`jizona holatni qanday izohlaysan? Sen kabi bebosh tasodif bilanmi? Va qalbing kabi ko’r quvvat bilanmi? Va boshing kabi garang tabiat bilanmi? Va sen kabi ojiz, jonsiz, johil sabablar bilanmi? Yo’qsa benihoya daraja muqaddas, pok va porloq, oliy va benihoya Qodiyr, Oliym, Sami`, Basiyr bo’lgan Zoti Zuljalolga benihoya darajada ojiz, johil, garang, ko’r, imkonsiz, miskin bo’lgan "Tabiat" nomini berib benihoya хato qilishni istaysanmi? Ham quyosh kabi porloq bo’lgan shu haqiqatni qaysi quvvat bilan so’ndira olasan? Qaysi g’aflat pardasi ostida yashira olasan?