SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 13
(1-46)

O’n ikkinchi Deraza.

siriga ko’ra, umum ashyolarda, хususan hayotdor san`at asarlarida hikmatli bir qolipdan chiqqanga o’хshash, har narsaga hikmat ila muntazam bir miqdor va surat berilgani hamda ul surat va ul miqdorda manfaat va foydalarni ko’zlagan egri-bugri hududlarning borligi; ham hayotlari davomida o’zgartirgan liboslarning surati va miqdorlari, ham yana foydalarga muvofiq bir tarzda hayotiy o’lchovlardan tarkib topgan ma`naviy va muntazam bittadan suratning, bittadan miqdorning borligi yaqqol tarzda ko’rsatadiki, bir Qodiyri Zuljalolning va bir Hakiymi Zulkamolning taqdir doirasida suratlari va bichimlari tuzilgan va qudratning dastgohida vujudlari berilgan ul hadsiz san`at asarlari ul Zotning mavjudligining zaruriyligiga dalolat va Yagonaligiga va kamoli qudratiga hadsiz tillar ila shahodat etadilar.

Sen o’z jismingga va a`zolaringga va ulardagi egri-bugri yerlarning mevalariga va foydalariga boq! Kamoli hikmat ichra kamoli qudratni ko’r!

 

O’n uchinchi Deraza.

وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ siriga ko’ra, har narsa o’ziga хos til bilan Хoliqini yod etadi, muqaddas tutadi. Ha, butun mavjudotning aytgan va holati bilan ifoda etgan tasbehlari, bir Zoti Muqaddasning mavjudligini ko’rsatadi.

Ha, fitratning (ya`ni tabiatning) shahodatini rad qilib bo’lmaydi. Holat, хususan ko’p jihatlar bilan dalolat qilsa, shubhaga o’rin qolmaydi. Boq, hadsiz fitriy (tabiiy) shahodatlarni o’zida jamlagan va son-sanoqsiz tarzda holati bilan dalolat qilgan va bir-biri ichiga kirgan doiralar kabi, bir markazga qaragan chu mavjudotlarning muntazam suratlari, har biri bittadan tildir. Va mavzun vaziyatlari, har biri bittadan shahodat tilidir. Va mukammal hayotlari har biri bittadan tasbeh o’quvchi tildirki, Yigirma to’rtinchi So’zda qat`iy isbotlangani kabi, barcha u tillar bilan juda zohir bir suratda o’qiyotgan tasbehotlari va tahiyyotlari va yagona muqaddas Zotga keltirgan shahodatlari, ziyo quyoshni ko’rsatganidek, bir Zoti Vojibul-Vujudni ko’rsatadi. Va kamoli uluhiyatiga* dalolat qiladi.

 

 

Аудио мавжуд эмас