SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 10
(1-46)

Sakkizinchi Deraza.

Bashariyat ichra nuroniy ruh sohiblari bo’lmish barcha Anbiyolar (Alayhimussalom) oshkor va zohir mo’jizalariga tayanib hamda barcha munavvar qalblarning qutblari bo’lmish avliyolar kashf va karomatlariga asoslanib hamda barcha ziyoli aqllarning arboblari bo’lmish asfiyolar, izlanishlariga tayanib, birgina Vohidi Ahad, Vojibul-Vujud, Хoliqi Kulli Shayning* mavjudligining zaruriyligiga va yagonaligiga va kamoli rububiyatiga shahodatlari juda buyuk va nuroniy bir derazadir. Ham har vaqt o’sha rububiyat maqomini ko’rsatadi.

Ey bechora inkor etuvchi! Kimga ishonasanki, bularni tinglamaysan? Va yohud kunduzi ko’zingni yumib, dunyo qorong’i bo’ldi deb o’ylaysanmi?..

 

To’qqizinchi Deraza.

Koinotdagi butun ibodatlar yaqqol tarzda bir Ma`budi Mutlaqni ko’rsatadi.

Ha, olami arvoh va botiniy olamlarga kirgan va ruhoniy va maloikalar bilan ko’rishgan zotlarning shahodatlari ila borligi isbot bo’lgan barcha ruhoniy va maloikalarning kamoli itoat ila ibodat qilishlari hamda ko’z o’ngimizda barcha jonzotlarning kamoli intizom ila vazifalarni ibodatkorona bajarishlari va ko’z o’ngimizda unsurlar kabi barcha jonsiz moddalarning kamoli itoat ila ibodatkorona хizmat qilishlari, bir Ma`budi Bilhaqning mavjudligining zaruriyligini va yagonaligini ko’rsatgani kabi, har bir toifasi jamiki toifalarning kuchiga ega va shak-shubhasiz bo’lgan barcha oriflarning haqiqatli ma`rifatlari, butun shokirlar toifasining samarador shukrlari va butun zokirlarning fayzli zikrlari va butun homidlarning ne`mat orttirgan hamdlari va butun muvahhidlar (Allohning yakkayu-yagonaligiga e`tiqod qiluvchilar)ning hujjatli bo’lgan tavhid da`volari va vasflari va butun muhiblarning haqiqiy muhabbat va ishqlari va butun muridlarning sodiq iroda va rag’batlari va butun muniblarning jiddiy talab va tavbalari, Yana Ma`ruf*, Mazkur*, Mashkur*, Mahmud*, Vohid*, Mahbub*, Marg’ub*, Maqsud* bo’lmish ul Ma`budi Azaliyning* mavjudligining zaruriyligini va kamoli rububiyatini va yagonaligini ko’rsatgani kabi, komil insonlardagi butun maqbul ibodat va ul maqbul ibodatlarning natijasida hosil bo’lgan fayzlar va munojot va mushohada va kashfiyotlar, yana ul Mavjudi Lamyazal va ul Ma`budi Loyazalning mavjudligining zaruriyligini va yagonaligini va kamoli rububiyatini ko’rsatadi.

Хullas, shu uch jihatda Vahdoniyat sari ziyodor bo’lgan buyuk bir deraza ochiladi.

Аудио мавжуд эмас