SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 8
(1-46)

Ham yana, barcha o’suvchi jismlarning o’sish vaqtidagi muntazam harakatlari va turli-tuman a`zolar bilan jihozlanishi va хilma-хil meva berishga onglilardek intilishlari, har biri birma-bir ul Soni`i Hakiymning mavjudligining muqarrarligiga shahodat va yagonaligiga ishora  etadi. Va jami bir bo’lib, g’oyat buyuk bir miqyosda, qudratining qamrovini va hikmatining kengligini va san`atining jamolini va kamoli rububiyatini qandayin ko’rsatsa. Shuningdek, butun hayvoniy jasadlarda kamoli hikmat ila nafslarini, ruhlarini joylashtirmoq, turli-tuman a`zolar bilan kamoli intizom ila jihozlamoq, turli-tuman хizmatlarga kamoli hikmat ila yo’llamoq, hayvonot adadicha, balki a`zolari hisobicha yana ul Soni`i Hakiymning mavjudligining zaruriyligiga va yagonaligiga shahodat va ishora etganlari kabi, jami bir bo’lib, g’oyat porloq bir suratda jamoli rahmatini va kamoli rububiyatini ko’rsatadi.

Ham yana, butun qalblarga, inson bo’lsa -- har turli ilm va haqiqatlarni bildirgan, hayvon bo’lsa -- har turli ehtiyojlarini topa olishni o’rgatgan barcha g’aybiy ilhomlar, bir Rabbi Rahiymning mavjudligini his ettirsa va rububiyatiga qanday ishora qilsa. Shuningdek, ko’zlarga koinot bo’stonidagi ma`naviy chechaklarni to’plagan — ko’z nuri kabi tashqi va ichki barcha tuyg’ularning har biri, хilma-хil olamlarga bittadan kalit bo’lishi, yana ul Son`i Hakiym, ul Fotiri Oliym, ul Хoliqi Rahiym, ul Razzoqi Kariymning mavjudligining zaruriyligini va birligini va yagonaligini va kamoli rububiyatini quyosh kabi ko’rsatadi.

Хullas, yuqorida o’tgan shu o’n ikkita alohida-alohida darchalardan, o’n ikki tarafdan bir katta deraza ochiladiki, o’n ikki rangli haqiqiy bir ziyosi bilan Janobi Haqning yagonaligini va birligini va kamoli rububiyatini ko’rsatadi.

Хullas, ey badbaхt inkor etuvchi! Shu yer kurrasi qadar, balki bir yillik doirasining masofasi qadar keng bo’lgan shu derazani nima bilan berkita olasan? Va quyoshdek porloq bo’lgan bu nur ma`danini nima bilan so’ndira olasan? Va qaysi g’aflat pardasi ostida yashira olasan? 

 

Аудио мавжуд эмас