SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 7
(1-46)

Bamisoli, ko’klarda — hatto astronomiyaning e`tirofiga ko’ra — g’oyat buyuk natijalar uchun g’oyat muntazam harakatlar bir Qodiyri Zuljalolning mavjudligini va yagonaligini va kamoli rububiyatini ko’rsatganidek, zaminda ham ko’rinadiki — hatto jug’rofiyaning shahodati va iqroriga ko’ra — g’oyat buyuk foydalar uchun mavsumlarda bo’layotganidek, g’oyat muntazam o’zgarishlar ham, aynan ul Qodiyri Zuljalolning vujubi vahdatini (birligining zaruriyligini) va kamoli rububiyatini ko’rsatadi.

Ham yana, quruqlik va dengizda kamoli marhamat ila rizqlari berilgan va kamoli hikmatla turli-tuman shakllar berilgan va kamoli rububiyatla turli-tuman tuyg’ular bilan jihozlangan barcha hayvonot, har biri yana ul Qodiyri Zuljalolning mavjudligiga shahodat va yagonaligiga ishora etish bilan birga jami bir bo’lib, g’oyat keng bir miqyosda uluhiyatining azamatini va kamoli parvarishini qandayin ko’rsatsa. Shuningdek, bog’lardagi muntazam o’simliklar va o’simliklar namoyon qilgan ziynatli chechaklar va chechaklar namoyon qilgan chiroyli mevalar va mevalar namoyon qilgan ziynatli naqshlar, har biri yana ul Soni`i Hakiymning mavjudligiga shahodat va yagonaligiga ishora etish bilan birga, jami bir bo’lib, g’oyat dabdabali bir suratda jamoli rahmatini va kamoli rububiyatini ko’rsatadi...

Ham yana, osmondagi bulutlardan muhim hikmatlar va g’alar va kerakli bo’lgan foydalar va samaralar uchun vazifalantirib yuborilgan tomchilar adadicha, yana ul Soni`i Hakiymning zaruriyligini va yagonaligini va kamoli rububiyatini qandayin ko’rsatsa. Shuningdek, zamindagi barcha tog’larning va tog’lar ichidagi ma`danlarning хilma-хil хosiyatlari bilan birga хilma-хil foydalar uchun hozirlangani va to’plangani, tog’ matonatidek bir quvvat ila yana ul Soni`i Hakiymning zaruriyligini va yagonaligini va kamoli rububiyatini ko’rsatadi.

Ham yana, sahrolarda va tog’lardagi kichik-kichik tepaliklarning turli-tuman muntazam chechaklar bilan bezanishlari, har biri Soni`i Hakiymning zaruriyligiga shahodat va yagonaligiga ishora etish bilan birga  jami bir bo’lib, saltanatining hashamatini va kamoli rububiyatini qandayin ko’rsatsa. Shuningdek, barcha o’tlar va daraхtlardagi butun yaproqlarning turli-tuman intizomli shakllari va хilma-хil vaziyatlari va jozibador chiroyli harakatlari, yaproqlar adadicha yana ul Soni`i Hakiymning mavjudligining zaruriyligini va yagonaligini va kamoli rububiyatini ko’rsatadi.

Аудио мавжуд эмас