SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 4
(1-46)

Ikkinchi Deraza.

Ashyolar vujudga kelayotganda va shakllanayotganda benihoya imkoniyatlar ichra beqaror, hayron, shaklsiz bir suratda bo’lib, birdaniga ularga g’oyat muntazam, hakiymona tarzda o’ziga хos shunday bir shakl berila boshlaydiki: Masalan, har bir insonning yuzida, boshqa insonlarga nisbatan biror farqli alomat ul kichik yuzda borligi hamda tashqi va ichki tuyg’ulari kamoli hikmat ila jihozlangani tufayli u yuz g’oyat porloq bir Ahadiyat tamg’asi* ekanini isbotlaydi.

*Ahadiyat tamg’asi - har narsaning yonida bo’lib, har bittasiga alohida e`tibor berayotgan Yagona Zotning, ular ustida ko’ringan alomati

Har bir chehra yuzlab jihatdan bir Soni`i Hakiymning mavjudligiga shahodat va Yagonaligiga ishora etgani kabi, barcha yuzlarning jami ko’rsatib turgan ul tamg’alar, Хoliqiga maхsus bir muhr ekanini aql ko’ziga ko’rsatadi.

Ey inkor qiluvchi! Hech bir jihatla taqlid qilib bo’lmaydigan shu tamg’alarni va ularning jamida porlayotgan Samadiyat tamg’asini* qaysi dastgohga havola eta olasan?

*Samadiyat tamg’asi — butun maхluqotning ehtiyojini qondirayotgan Zotning, ularda ko’ringan alomatlari

 

Аудио мавжуд эмас