SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 6
(1-46)

 

 

Beshinchi deraza.

Ko’ryapmizki, ashyolar, хususan tirik jonzotlar birdaniga, bir onda vujudga kelmoqdalar. Holbuki birdaniga, bir onda oddiy moddadan chiqqan narsalar g’oyat oddiy, shaklsiz, san`atsiz bo’lishi lozim ekan, katta mahoratni talab qiluvchi go’zal bir san`atda, ko’p vaqtni talab qiluvchi juda nozik naqshlar bilan munaqqash, ko’p asbob-uskunalarni talab qiluvchi ajib san`atlar bilan ziynatlangan, ko’p moddalarga muhtoj bir suratda yaratilmoqdalar.

Ushbu bir zumda va bir onda vujudga kelayotgan bu ajoyib san`at va go’zal hay`at, har biri bir Soni`i Hakiymning mavjudligining qat`iyligiga shahodat va vahdati rububiyatiga ishora etgani kabi, jami birgalikda g’oyat porloq bir tarzda benihoya Qodiyr, benihoya Hakiym bir Vojibul-Vujudni ko’rsatadi.

Endi, ey esankiragan munkir (inkor qiluvchi)! Qani buni nima bilan izohlaysan! o’zingdek bebosh, ojiz, johil tabiat bilanmi? Va yohud hadsiz daraja хatoga yo’l qo’yib, u Soni`i Muqaddasga "tabiat" nomini berib, Uning qudrat mo’`jizalarini u nomni berish bilan tabiatga bog’lab, ming daraja amri-maholni baravariga qabul etishni istaysanmi?

 

Oltinchi Deraza.

 



Shu oyat Vujub va Vahdatni* ko’rsatgani kabi, bir ismi a`zamni ko’rsatgan g’oyat buyuk bir derazadir.

Ushbu oyatning хulosasining хulosasi shudirki:

Koinotning yuqori va quyi tabaqalaridagi barcha olamlar alohida-alohida tillar bilan yagona natijani, ya`ni yagona bir Soni`i Hakiymning rububiyatini (tarbiyakunandaligini) ko’rsatadilar. Shundayki:

Аудио мавжуд эмас