SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 3
(1-46)

Birinchi Deraza.

Mushohada ila ko’rib turibmizki, butun ashyoning, хususan jonzotlarning juda ko’p turli хil ehtiyojlari va turli navdagi talablari bor. Ular talab qilgan va muhtoj bo’lgan ul narsalar o’zi kutmagan va bilmagan va qo’li etmaydigan yerdan munosib va loyiq bir vaqtda ularga berilmoqda, madadga yuborilmoqda. Holbuki ul hadsiz maqsadlarning eng kiChigiga ham ul muhtojlarning o’z qudrati yetmaydi, qo’lidan kelmaydi. Sen o’zingga boq: Tashqi va ichki a`zoyu tuyg’ularing va ularga zarur narsalar kabi qo’ling yetmaydigan naqadar ko’p ashyolarga muhtojsan. Barcha jonzotlarni o’zingga qiyos qil.

Shunda, ularning barchasi birma-bir Vujubi Vojibga* (Allohning zarurligiga) Shahodat va Yagonaligiga ishora qilganlari kabi, jami birgalikda quyoshning ziyosi quyoshni ko’rsatgani kabi, u hol va bu kayfiyat — G’ayb pardasi orqasida, bir Vojibul-Vujudni*, bir Vohidi Ahadni*, ham G’oYat Kariym, Rahiym, Murabbiy, Mudabbir unvonlari ichra aqlga ko’rsatadi. Ey inkor qiluvchi johil va ey fosiqi-G’ofil! Bu hakiymona, rohiymona va basirona* (ko’ribgina bajarish mumkin bo’lgan) faoliyatlarni endi nima bilan izohlay olasan? Garang tabiat bilanmi? Ko’r quvvat bilanmi? Esi yo’q tasodif bilanmi? Ojiz va jonsiz sabablar bilan izohlaysanmi?

 

Аудио мавжуд эмас