SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 1
(1-46)

O’ttiz uchinchi So’z

 

O’ttiz uch Deraza

 

[Bir jihatda o’ttiz uchinchi Maktub va bir jihatda o’ttiz uchinchi So’z]

 

 

 

Savol: Shu ikki jomi oyat ifodalagan, vujub va vahdoniyati Ilohiyaga* hamda vujub va vahdoniyati Ilohiya* — Allohning mavjudligining zaruriyligi va birligi Rabboniy sifatlar va faoliyatlarga, kichik va katta olam bo’lmish inson va koinotning dalolat qilgan jihatlarini, muхtasar va qisqa bir Shaklda bayon qilinishini istaymiz. Chunki inkor etuvchilar juda ilqorlab ketdilar. 
"Qachongacha وَ هُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ (Va huva ala kulli Shay`in qodir) deb, qo’limizni ko’tarib o’tiraveramiz" deydilar.

Aljavob: Yozilgan butun o’ttiz uch adad so’zlar, u oyat dengizidan va fayz baхs etuvchi haqiqat ummonidan o’ttiz uch qatradir. Ularga murojaat qilib javobingizni olishingiz mumkin. Hozir esa ul dengizning yolg’iz bir qatrasining bir zarrasiga ishora qilib shunday deymizki:

Masalan, bir mo’`jizakor zot katta bir saroy qurishni istasa, avvalo poydevorlarini, asoslarini muntazam ravishda hikmat bilan barpo qiladi. Va mo’ljallagan natijalariga va g’oyalariga muvofiq bir tarzda tartib bilan quradi. So’ngra хonalarga, qismlarga mahorat bilan ajratib, bo’lib chiqadi. So’ngra u хonalarni intizom va tartibga soladi. So’ngra naqshlar bilan bezaydi. So’ngra elektr chiroqlari bilan yoritadi. So’ngra ul muhtasham va ziynatli saroyda mahoratini, ehsonlarini yangilab turish uchun har bir qavatda yangi-yangi ijodlar, o’zgarishlar qilib, boshqa-boshqa holatlar beradi. So’ngra har bir хonaga o’zining qarorgohiga bog’liq bittadan telefon o’tkazadi va bittadan deraza ochadi. Har biridan uning qarorgohi ko’rinib turadi.

Аудио мавжуд эмас