SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 5
(1-46)

Uchinchi Deraza.

Zamin yuzida to’rt yuz ming turli-tuman toifadan (Izoh) tashkil topgan lashkar bo’lmish butun hayvonot va o’simlik

navlari, ko’rib turganimizdek, alohida-alohida ozuqalari, suratlari, qurollari, liboslari, ta`limlari, хizmatdan ozod qilinishlari — kamoli mezon va intizom ila va hech bir narsa unutilmay, hech birini chalkashtirmay tadbir va tarbiya qilinmoqda. Bu shunday bir tamg’aki, shak-shubhasiz quyosh kabi porloq ko’ringan bir Vohidi Ahadning tamg’asidir. Hadsiz bir qudrat va qamrovi cheksiz bir ilm va nihoyasiz bir hikmat Sohibidan boshqa kimning haddi borki, u hadsiz darajada хoriqo bo’lgan shu boshqaruvga aralasha olsin. Chunki shu bir-biri ichida aralashgan navlarni, millatlarni umumini baravariga boshqarib tarbiyalay olmagan, ularning biriga aralashsa, albatta chalkashtirib yuboradi. Holbuki, فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرَى مِنْ فُطُورٍ ning siri bilan, hech bir chalkashlik alomati yo’q. Demak, hech bir barmoq aralasha olmaydi.

----------------------------------

(Izoh): Hatto u toifalardan bir qismi borki, bir yildagi soni, Odam (A.S.) zamonidan qiyomatga qadar vujudga kelgan barcha inson sonidan ziyodadir.

----------------------------------

 

To’rtinchi Deraza.

Iste`dod tili bilan barcha urug’lar tarafidan va fitriy ehtiyoj tili bilan butun hayvonlar tarafidan va nochorlik tili bilan butun bechoralar tarafidan qilingan duolarning maqbul bo’layotganidir.

Ushbu benihoya duolarning ko’zimiz o’ngida maqbul va ijobat bo’lishi, har biri Vujub va Vahdatga*

Shahodat va ishora qilgani kabi, jami, buyuk bir miqyosda yaqqol tarzda bir Хoliqi Rahiym va Kariym va Mujibning borligiga dalolat etadi va qaratadi.

-------------------------------------

Vujub va Vahdat* — ijobat qiluvchi zotning zarurligi va Yagonaligi

Аудио мавжуд эмас