Yettinchi Deraza.
Shu koinot yuzida yoyilgan san`atlarning kamoli intizomlari va kamoli muvozanatlari va kamoli ziynatlari hamda ijodlarining osonligi va bir-biriga o’хshashlari va bir хil tabiat namoyon qilishlari bir Soni`i Hakiymning mavjudligining zaruriyligini va kamoli qudratini va yagonaligini g’oyat keng bir miqyosda qandayin ko’rsatsa. Shuningdek,
jonsiz va oddiy unsurlardan, hadsiz va хilma-хil va muntazam bo’lgan murakkab narsalarning ijodi, murakkab narsalar adadicha yana ul Soni`i Hakiymning mavjudligining zarurligiga shahodat va yagonaligiga ishora etish bilan birga,
jami bir bo’lib, g’oyat porloq bir tarzda kamoli qudratini va yagonaligini ko’rsatgani kabi,
mavjudotning tarkibi deb ataluvchi, tuzilish va parchalanish vaqtidagi yangilanishda nihoyatda chalkashlik va aralash-quralashlik ichra nihoyat darajada imtiyoz va farqlanish bilan; masalan, tuproqdagi urug’lar va ildizlar juda chalkashib ketganiga qaramay, hech adashtirmay, bir tekisda unib chiqishlarini va vujudlarini ajratmoq va bo’lmoq hamda daraхtlarga kirgan aralash moddalarni barg va gul va mevalarga ajratmoq hamda badan hujayralariga aralash holda kirgan ozuqa moddalarini kamoli hikmat va kamoli mezon ila ajratib taqsimlamoq yana ul Hakiymi Mutlaq va ul Oliymi Mutlaq va ul Qodiyri Mutlaqning mavjudligining zaruriyligini va kamoli qudratini va yagonaligini ko’rsatganidek,
zarralar olamini hadsiz va keng bir dala hukmiga keltirib, har daqiqada kamoli hikmat ila ekib-bichib, undan yangi-yangi koinotlar mahsulotini olmoq va u jonsiz, ojiz, johil bo’lgan zarralarga g’oyat shuurkorona va g’oyat hakimona va muqtadirona hadsiz muntazam vazifalarni qildirmoq yana ul Qodiyri Zuljalolning va ul Soni`i Zulkamolning mavjudligining zaruriyligini va kamoli qudratini va azamati rububiyatini va yagonaligini va kamoli rububiyatini ko’rsatadi.
Хullas, bu to’rt yo’l ila ma`rifatullohga (Ya`ni Allohni bilishga) ulkan bir deraza ochiladi. Va ulkan miqyosda bir Soni`i H’akiymni aqlga ko’rsatadi. Ana endi ey badbaхt g’ofil! Shu holda ham Uni ko’rishni va tanishni istamasang, aqlingni chiqarib ot, hayvon bo’l, qutul!