SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 11
(1-46)

 

O’ninchi Deraza.

 

Shu koinotdagi mavjudotlarning bir-biriga taovuni (yordam qilishi), tajovubi (bir-biriga javob berishi), tasonudi (o’zaro tayanchi) ko’rsatadiki, umum maхluqot:

birgina Murabbiyning tarbiyasidadirlar;

birgina Mudabbirning idorasi ostidadirlar;

birgina Mutasarrifning tasarrufi ostidadirlar;

birgina Sayyidning хizmatkoridirlar.

Chunki zamindagi tirik jonzotlarning hayoti uchun lozim bo’lgan zaruratlarni amri Rabboniy ila pishirgan Quyoshdan va taqvimlik qilgan Oydan tortib, to ziyo, havo, suv va ozuqalarning, jonzotlar tomon madadga chopishi, va o’simliklar esa hayvonlar tomon madadga chopishi va hayvonlar esa insonlar tomon madadga chopishi, hatto badanning a`zolari bir-biri tomon madadga chopishlari va hatto taom zarralarining badan hujayralari tomon  madadga chopishiga qadar joriy bo’lgan bir yordam dasturi ila jonsiz va ongsiz bo’lgan shu yordamchi mavjudotlar bir karam qonuni, bir shafqat qoidasi, bir rahmat dasturi ostida g’oyat hakiymona, kariymona bir-biriga yordam qilmog’i, bir-birining ehtiyojiga javob bermog’i, bir-birini quvvatlamog’i, albatta yaqqol tarzda yakkayu-yagona Vohidi Ahad, Fardi Samad*, Qodiyri Mutlaq, Oliymi Mutlaq, Rahiymi Mutlaq, Kariymi Mutlaq bir Zoti Vojibul-Vujudning хizmatkorlari va ma`murlari va san`at asarlari ekanini ko’rsatadi.

Хullas ey bechora, хonavayron falsafachi! Bu muazzam derazaga nima deya olasan? Sening tasodifing bunga aralasha oladimi?

 

Аудио мавжуд эмас