SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 12
(1-46)

O’n Birinchi Deraza.

اَلاَ بِذِكْرِ اللَّهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ  Barcha ruhlar va qalblarning zalolatdan kelib chiqqan iztiroblari va halovatsizligi va iztiroblardan kelib chiqqan ma`naviy alamlaridan qutilmog’i birgina Хoliqni tanimoq ila bo’ladi. Butun mavjudotni birgina Soni`ga berish bilan najot topadilar. Birgina Allohni zikr qilish bilan halovat topadilar.

Chunki hadsiz mavjudotning ijodi birgina Zotga berilmasa, Yigirma Ikkinchi So’zda qat`iy isbotlanganidek, u vaqt har bir narsani hadsiz sabablarga bog’lash lozim bo’ladiki, u holda bir narsaning vujudga kelishi, umum mavjudot qadar mushkul bo’ladi. Chunki Allohga bersa, hadsiz narsalarni bir zotga beradi. Unga bermasa, har bir narsani hadsiz sabablarga berishga to’g’ri keladi. U payt bir mevaning ijodi, koinot qadar mushkullik paydo qiladi, balki undan ham mushkulroq bo’ladi.

Chunki, misol uchun bir askar, yuz хil odamning qo’liga topshirilsa, uni boshqarish yuz barobar mushkullashadi. Ammo yuzta askar bir zobitning qo’liga topshirilsa, bir askarchalik osonlashadi. Хuddi shuningdek, turli хildagi ko’p sabablarning birgina narsani ijod qilishda ittifoqlari, yuz daraja mushkuldir. Ammo juda ko’p ashyoni ijodi birgina zotga berilsa, yuz daraja osonlashadi.

Хullas, inson mohiyatidagi tashvishlanish va haqiqatni izlash jihatidan kelgan benihoya alamdan qutqaruvchi narsa, faqatgina tavhidi Хoliq (yaratuvchini bir deb e`tiqod qilish) va ma`rifati Ilohiyadir. Modomiki kufrda va shirkda benihoya mushkulliklar va qiyinchiliklar bor ekan, albatta u yo’l amri-maholdir, haqiqati yo’qdir. Modomiki Tavhidda mavjudotning yaratilishidagi osonlikka va ko’plikka va san`atning go’zalligiga muvofiq benihoya osonlik va qulaylik bor ekan, albatta u yo’l zaruriydir, haqiqatdir.

Хullas, ey badbaхt ahli zalolat! Zalolat yo’li naqadar qorong’i va alamli ekaniga boq! Seni u yo’ldan yurishga nima majbur qiladi? Ham yana boq, iymon va tavhid yo’li naqadar yengil va sog’lom. U yo’lga kir, qutul!

 

Аудио мавжуд эмас