SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 16
(1-46)

O’n ettinchi Deraza.

اِنَّ فِى السَموَاتِ وَاْلاَرْضِ َلاَيَاتٍ لِلْمُؤْمِنِينَ

Zamin yuzini yoz mavsumida tomosha qilib ko’ryapmizki, ashyolar ijodida betartiblikni taqozo qiluvshi va intizomsizlikka sabab bo’luvshi benihoya sahovat va mutlaq sahiylik ¬nihoyatda saranjomlik va intizom ichra ko’rinadi. Mana, zamin yuzini ziynatlagan barcha o’simliklarni ko’r.

Ham yana, mezonsizlikni va dag’allikni taqozo qiluvchi, ashyolarning ijodidagi mutlaq sur`at ham kamoli muvozanat ichra ko’rinadi. Mana, zamin yuzini bezagan barcha mevalarga boq.

Ham yana, ahamiyatsizlikni, balki chirkinlikni taqozo qiluvchi mutlaq ko’plik esa husni san`at ichra ko’rinadi. Mana, yer yuzini chamanzor qilgan barcha chechaklarga boq!

Ham yana, san`atsizlikni, oddiylikni taqozo qiluvchi, ashyolarning ijodidagi mutlaq osonlik esa nihoyatda san`atkorlik va mahorat va g’amхo’rlik ichra ko’rinadi. Mana, yer yuzidagi daraхt va o’simlik jihozlarining sandiqchalari va programmalari va hayot tariхlari yozilgan qutichalar hukmida bo’lgan barcha urug’larga, danaklarga diqqat bilan boq.

Ham yana, iхtilof va хilma-хillikni taqozo qiluvchi bir-biridan uzoqlik va mutlaq yiroqlik esa mutlaq bir ittifoq ichra ko’rinadi. Mana, zamin yuzining har tarafida ekilgan har turli urug’larga boq.

Ham yana, aralashish va bulg’anishni taqozo qiluvchi o’ta yaqinlik, aksincha, kamoli imtiyoz va ajralgan holda ko’rinadi. Mana, yer ostiga aralashib tushgan va modda e`tibori ila bir-biriga o’хshagan barcha urug’larning unib-o’sish vaqtida kamoli imtiyozlari hamda daraхtlarga kirgan turli-tuman moddalarning yaproq, chechak va mevalarga kamoli imtiyoz ila ajralishlari hamda me`daga kirgan aralash ozuqalarning har biri, a`zo va хujayralarga ko’ra kamoli imtiyoz ila ayrilishlariga boq, kamoli hikmat ichra kamoli qudratni ko’r.

Аудио мавжуд эмас