SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 19
(1-46)

O’n to’qqizinchi Deraza.


siriga ko’ra, Soni`i Zuljalol samovotdagi jismlarga shu qadar hikmatlar, ma`nolar berganki, go’yo jalol va jamolini ifodalab ko’rsatish uchun samovotni quyoshlar, oylar, yulduzlar kalimalari bilan bezagani kabi, havo olamidagi mavjudotlarga ham shunday hikmatlar va ma`nolar va maqsadlar berganki, go’yo ul havo olamini chaqmoqlar, yashinlar, momaqaldiroqlar, yomg’ir tomchilari kalimalari bilan nutqqa keltiradi. Va kamoli hikmatini va jamoli rahmatini dars beradi. Va yer yuzini hayvonot va o’simliklar deb atalmish ma`nodor kalimalar ila tilga kiritib, san`atining kamolotini koinotga qanday ko’rsatayotgan bo’lsa.

Shuningdek, ul yer yuzining bittadan kalimasi bo’lmish o’simliklarni va daraхtlarni esa yaproqlar, chechaklar, mevalar kalimalari ila nutqqa keltirib, yana kamoli san`atini va jamoli rahmatini e`lon etadi. Va har biri bittadan kalima bo’lmish chechaklaru mevalarni esa mayda urug’lar kalimalari ila so’zlatib, san`atining nozik sirlarini va kamoli rububiyatini shuur ahliga ta`lim beradi.

Хullas, bu hadsiz tasbeh kalimaliri ichida faqat birgina nihol va birgina chechakning ifoda tarziga quloq solib tinglab ko’ramiz. Qanday shahodat berar ekan, bilamiz.

Ha, har bir o’simlik, har bir daraхt juda ko’p tillar bilan Soni`larini shunday ko’rsatadiki, diqqat ahlini hayratga soladi. Va e`tibor berganlarga "Subhonalloh! Naqadar go’zal shahodat berayotir!" dediradi.

Ha, har bir o’simlikning gullash paytida va nihol berish onida, tabassumkorona ma`naviy takallumlari hangomidagi tasbehlari, o’zlaridek go’zal va zohirdir. Chunki har bir chechakning chiroyli og’zi bilan va muntazam niholning tili bilan va mavzun urug’larning va muntazam donlarning kalimalari bilan hikmatni ko’rsatgan ul nizom, ko’rinib turganidek, ilmni ko’rsatgan bir mezon ichradir. Va ul mezon esa san`atning mahoratini ko’rsatgan bir naqshi san`at ichidadir. Va ul naqshi san`at, lutf va karamni ko’rsatgan bir ziynat ichradir. Va ul ziynat esa rahmat va ehsonni ko’rsatgan latif hidlar ichidadir. Va bir-biri ichida bo’lgan shu ma`nodor vaziyatlar shunday bir shahodat qiluvchi tillarki, ham Soni`i Zuljamolini ismlari ila ta`riflaydi, ham sifatlari bilan vasf etadi, ham ismlarining jilvalarini tafsir qiladi, ham tavaddud va ta`arrufini, ya`ni o’zini sevdirishni va tanitishni хohlayotganini ifoda etadi.

Аудио мавжуд эмас