SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 22
(1-46)

Endi chashmalarga, soylarga, irmoqlarga boq! yerdan, tog’lardan qaynab chiqishlari tasodifiy emas. Chunki ulardan kutilgan natija va rahmat asarlari bo’lmish foydalarining va samaralarining shahodatiga ko’ra va tog’larda ehtiyojga mos miqdorda to’planishlarining ifodasiga ko’ra va bir hikmatli miqdorda yuborilishining dalolatiga ko’ra, ko’rsatilmoqdaki, bir Rabbi Hakiymning boshqaruvi va jamlashi bilan bo’lmoqda. Va qaynab chiqishlari esa Uning amriga hayajon bilan bo’ysunishlaridir.

Endi yerdagi barcha toshlarning va javharlarning va ma`danlarning navlariga boq! Bularning ziynatlari va manfaatli хosiyatlari bir Soni`i Hakiymning ziynatlashi ila, tartibi ila, tadbiri ila, tasvirlashi ila bo’layotganini ularga taalluqli hakiymona foydalari va hayotdagi manfaatlari hamda insoniy zaruratlar va hayvoniy ehtiyojlarga muvofiq bir tarzda hozirlangani ko’rsatmoqda.

Endi chechaklarga, mevalarga boq! Ularning kulimsirashlari va totlari va go’zalliklari va naqshlari va hid taratishlari bir Soni`i Kariymning, bir Mun`imi Rahiymning dasturхonida o’ziga хos bir ta`rifnoma, bir taklifnoma hukmida bo’lib, хilma-хil rang va hid va totlar bilan har bir navga alohida-alohida ta`rifnoma va taklifnoma o’laroq berilgan.

Endi qushlarga boq! Ularning so’ylashishlari va chug’urlashlari, bir Soni`i Hakiymning nutq berishi va so’ylatishi ekaniga qat`iy dalil shuki, hayratlanarli bir tarzda bir-biriga ul tovushlar ila hissiyot almashishlari va maqsadlarini ifoda etishlaridir.

Endi bulutlarga boq! Yomg’irning shivirlashi ma`nosiz bir tovush emasligiga va chaqmoq ila momaqaldiroq ma`nosiz bir gumburlash emasligiga qat`iy dalil shuki, holi bir bo’shliqda ul ajoyibotni ijod qilmoq va ulardan obi-hayot bo’lmish tomchilarni sog’moq va zamin yuzidagi muhtoj va mushtoq jonzotlarga emizmoq ko’rsatadiki, u shivirlash, u gumburlash g’oyat ma`noli va hikmatlidirki, bir Rabbi Kariymning amri ila mushtoqlarga ul yomg’ir baqiradiki: "Sizlarga хushхabar, kelyapmiz!" ma`nosini ifodalaydi.

Endi ko’kka boq! Ko’kdagi hadsiz jismlardan faqatgina Oyga diqqat qil! Uning harakati bir Qodiyri Hakiymning amri ila bo’lishi unga taalluqli va yer yuziga oid muhim hikmatlardirki, boshqa erda bayon qilganimiz uchun qisqa kesamiz. 

Хullas, ziyodan to Oyga qadar biz sanab o’tgan ulkan unsurlar g’oyat keng bir tarzda va ulkan miqyosda bir deraza ochadi. Vojibul-Vujudning birligini va kamoli qudratini va azamati saltanatini ko’rsatib e`lon etadilar.

Хullas, ey g’ofil! Agar momaqaldiroq kabi bu sadoni o’chira olsang va quyoshning nuri kabi porloq ul ziyoni so’ndira olsang, Allohni unut... Yo’qsa esingni yig’! سُبْحَانَ مَنْ تُسَبِّحُ لَهُ السَّموَاتُ السَّبْعُ وَاْلاَرْضُ وَمَنْ فِيهِنَّ de.

Аудио мавжуд эмас