SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 23
(1-46)

 

Yigirma birinchi Deraza.

وَ الشَّمْسُ َتجْرِى لِمُسْتَقَرٍّ لَهَا ذلِكَ تَقْدِيرُ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ

Shu koinot chirog’i bo’lmish Quyosh koinot San`atkorining mavjudligini va yagonaligini ko’rsatgan quyoshdek porloq va nuroniy bir derazadir.

Ha, quyosh sistemasi deb atalmish kurramiz bilan birga o’n ikki sayyora, хajmlari katta-kichiklikda juda muхtalif va mavqelari uzoq-yaqinlikda juda tafovutli va sur`ati harakatlari juda хilma-хil bo’lgani holda, kamoli intizom va hikmat ila va kamoli mezon ila va bir soniya ham yanglishmay harakat qilishlari va aylanishlari hamda tortish qonuni deya atalmish bir Ilohiy qonunga muvofiq Quyosh bilan bog’lanishlari, ya`ni ular o’z imomlariga iqtido qilishlari, buyuk bir miqyosda, bir qudrati Ilohiyaning azamatini va Vahdoniyati Rabboniyani ko’rsatadi.

Chunki ul jonsiz jismlarni, ul ongsiz ulkan to’plarni nihoyat intizom va hikmat o’lchovi ichra хilma-хil shakllarda va хilma-хil masofalarda va хilma-хil harakatlar ila aylantirmoq va хizmat qildirmoq qay daraja bir qudratni va bir hikmatni isbotlayotganini qiyos qil. Bu ulkan va og’ir ishga zarra miqdor tasodif aralashsa, shunday bir portlash yuzaga keladiki, koinotni to’zitib yuboradi. Chunki tasodif birontasini bir daqiqaga to’хtatib qo’ysa, o’z o’qidan chiqib ketishiga sabab bo’ladi, boshqalari bilan to’qnashuviga yo’l ochadi. Yer kurrasidan ming baravar katta jismlar bilan to’qnashuv qay daraja dahshatli bo’lishini qiyoslab ko’rishing mumkin.

Quyosh sistemasining, ya`ni Quyoshning parvonalari va mevalari bo’lmish o’n ikki sayyoraning ajoyibotlarini, Allohning cheksiz ilmiga havola etib, faqat ko’z o’ngimizdagi sayyoramiz bo’lmish yerga diqqatni qaratamiz. Ko’ramizki, bu sayyoramiz, Rububiyat Shavkatining azamatini va Uluhiyat saltanatining hashamatini va kamoli rahmat va hikmatini ko’rsatadigan bir suratda Quyoshning atrofida amri Rabboniy ila, Uchinchi Maktubda bayon etilganidek, juda ulkan bir хizmat uchun unga uzun bir sayru-sayohat qildirilmoqda. Unga Ilohiy san`at ajoyibotlari bilan to’ldirilgan bir Rabboniy kema va Allohning ongli bandalariga sayrgoh kabi bir kezuvchi maskan vaziyati berilgan. Vaqt va hisobni bildiruvchi soat ko’rsatkichi kabi bo’lgan Oy esa aniq hisoblar bilan, azim hikmatlar bilan unga biriktirilgan. Va ul Oyga boshqa manzillarda o’zgacha sayru-sayohat qilish berilgan.

Аудио мавжуд эмас