SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 28
(1-46)

Yigirma to’rtinchi Deraza.


 

O’lim, hayot kabi Rububiyatning bir dalilidir. VahdoniyYatning g’oyat quvvatli bir hujjatidir. اَلَّذِى خَلَقَ اْلمَوْتَ وَاْلحَيَوةَ ning dalolatiga ko’ra, o’lim yo’qlik, yo’q qilinish, fano, hechlik, foilsiz (egasiz) bir inqiroz emas, balki bir Foili Hakiym* tarafidan хizmatdan ta`tilga chiqmoq va makon o’zgartirmoq va badan yangilamoq va vazifadan bo’shatilmoq va badan qafasidan ozod qilinmoq va muntazam bir hikmat asari ekanligi Birinchi Maktubda ko’rsatilgan.

Ha, bamisoli yer yuzidagi san`atlar va jonzotlar va hayotdor zamin yuzi bir Soni`i Hakiymning mavjudligining zaruriyligiga va yagonaligiga shahodat etganlaridek, ul jonzotlar o’limlari bilan bir Hayyi Boqiyning manguligiga va yagonaligiga shahodat etadilar. Yigirma Ikkinchi So’zda, o’lim birlikning g’oyat quvvatli dalili va mangulikning hujjati ekani isbot va izoh etilganidan, shu bahsni ul So’zga havola qilib, faqat muhim bir nuktasini bayon etamiz. Shundayki:

Bamisoli tirik jonzotlar vujudlari bilan bir Vojibul-Vujudning mavjudligiga dalolat qilganidek, o’limlari bilan ham bir Hayyi Boqiyning manguligiga, yagonaligiga shahodat etadilar. Masalan, birgina jonzot bo’lmish zamin yuzi intizomlari ila, holatlari ila Soni`ni ko’rsatgani kabi, o’lgan vaqt, ya`ni qish oppoq kafani bilan o’lgan zamin yuzini qoplashi bilan insonning nazarini undan tortadi. Va yohud nazar ul o’tgan bahor janozasining orqasidan o’tmishga ketadi, Yanada keng bir manzarani ko’rsatadi. ya`ni, har biri bittadan Qudrat mo’`jizasi bo’lmish, zaminni to’ldirib o’tgan barcha bahorlar kabi, yangidan kelajak bittadan Qudrat ajoyiboti va bittadan hayotdor zamin bo’lgan va bahorni to’ldirgan hayotdor mavjudotlarning kelishlarini his qildirib va mavjudliklariga Shahodat etgani tufayli, shunday keng bir miqyosda, shunday porloq bir suratda, shunday quvvatli darajada bir Soni`i Zuljalolning, bir Qodiyri Zulkamolning, bir Qayyumi Boqiyning, bir Shamsi Sarmadiyning mavjudligining zaruriyligiga va yagonaligiga va boqiy va manguligiga shahodat etadilar va shunday porloq dalillar ko’rsatadilarki, istar-istamas yaqqol darajada "Amantu billohil-vohidil-ahad" deb ayttiradi.

Аудио мавжуд эмас