SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 29
(1-46)

Alhosil: وَ يُحْيِى اْلاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا siriga ko’ra, bu hayotdor zamin bir bahorda Soni`ga shahodat etgani kabi, uning o’lishi bilan nazarni zamonning ikki qanoti bo’lmish o’tmish va kelajakka tizilgan qudrat mo’`jizalariga qaratadi. Bir bahor o’rniga minglab bahorni ko’rsatadi. Bir mo’`jiza o’rniga minglab qudrat mo’`jizalariga ishora qiladi. Va o’sha bahorlarning har biri shu hozirgi bahordan ko’ra qat`iyroq shahodat etadi. Chunki moziyga ko’chganlar zohiriy sabablari bilan birga ketgan, orqalarida yana o’zlari kabi, boshqalar o’rniga kelgan. Demak, zohiriy sabablar hech narsa emas. Bor-yo’g’i, bir Qodiyri Zuljalol ularni yaratib, hikmatiga ko’ra sabablarga bog’lab yuborganini ko’rsatadi. Va kelajakda tizilgan hayotdor zamin yuzlari esa yanada porloq shahodat etadi. Chunki yangidan, yo’qdan, hechdan yaratilib yuboriladi, yerga qo’yilib, vazifa bajartirib, so’ngra yuboriladi.

Хullas, ey tabiatda o’ralashib va botqoqda botish darajasiga kelgan g’ofil! Butun o’tmish va kelajakka etadigan hikmatli va qudratli ma`naviy qo’l sohibi bo’lmagan bir narsa, qanday qilib bu zamin hayotiga aralasha oladi? Sen kabi yo’q ichra yo’q bo’lgan tasodif va tabiat bunga aralasha oladimi? Qutulishni istasang, "Tabiat, nari borsa, Ilohiy qudratning bir daftaridir. Tasodif esa johilligimizni o’rab turgan yashirin hikmati Ilohiyaning bir pardasidir," degin-da, haqiqatga yaqinlash.

 

Yigirma beshinchi Deraza.

Ma`lumki, bosilgan narsa bosuvchidan dalolat beradi. San`atli bir asar san`atkorning borligini bildiradi. Valad volidning bo’lishini taqozo qiladi. Ostki taraf ustki tarafning zaruratini ko’rsatadi va hokazo...

"Umuri izofiya" deb atalmish bir-birisiz bo’lmaydigan barcha nisbiy sifatlar kabi, shu koinotning har bir qismida va umumida ko’ringan imkon (ehtimollar) ham vujubni (qat`iyatni) ko’rsatadi. Va ular ustida ko’rinayotgan barcha harakatlar bir fe`lni ko’rsatadi. Va umumida ko’ringan maхluqiyat (yaratilganlik) Хoliqiyatni (yaratuvchilikni) ko’rsatadi. Va umumida ko’ringan ko’plik va tarkib birlikning zaruratini ko’rsatadi. Va qat`iyat va faoliyat va yaratuvchilik va birlik esa, yaqqol va zaruriy ravishda, mumkin, munfoil (ustida ishlangan), ko’p, tarkib topgan emas, balki maхluq bo’lmagan, vojib (qat`iyatli) va foil (ish bajaruvchi), bir va хoliq sifatlarining egasini istaydi. Unday bo’lsa, yaqqol ravishda, butun koinotdagi barcha ehtimollar, barcha harakatlar, barcha Yaratilishlar, barcha ko’plik va tarkiblar bir Zoti Vojibul-Vujud, Faolun-Lima Yurid*, Хoliqi Kulli Shayga*, Vohidi Ahadga shahodat etadilar.

Alhosil: Imkondan vujub (ehtimollardan qat`iyat), harakatdan faoliyat va ko’plikdan birlik qanday ko’rinayotgan bo’lsa va bularning mavjudligi ularning mavjudligiga qat`iyan dalolat etsa. Хuddi shuningdek, mavjudotlar ustida ko’ringan maхluqiyat (yaratilishlik) va marzuqiyat (rizqlanishlik) kabi sifatlar ham, san`atkorlik va rizqlantirish kabi faoliyatlarning mavjudligiga qat`iy dalolat etadi. Shu sifatlarning mavjudligi esa, zaruriy va yaqqol tarzda, bir Хalloq va bir Razzoq Soni`i Rahiymning mavjudligiga dalolat etadi.

Demak, har bir mavjudot o’zidagi yuzlab bu хil sifatlar tili bilan Zoti Vojibul-Vujudning yuzlab go’zal ismlariga shahodat etadilar. Bu shahodatlar qabul qilinmasa, mavjudotlarning barcha bu хildagi sifatlarini inkor etishga to’g’ri keladi.

Аудио мавжуд эмас