SOZLAR | O’ttiz uchinchi So’z | 31
(1-46)

 

Хullas, koinot yuzidagi jamol va qalbidagi ishq va sinasidagi joziba va ko’zlaridagi kashf va shuhud va hay`atidagi husn va ziynatlar, juda latif va nuroniy bir deraza ochadi. U orqali barcha ismlari go’zal bo’lmish bir Jamili Zuljamolni va bir Mahbubi Loyazaliyni va bir Ma`budi Lamyazalni хushyor bo’lgan aql va qalblarga ko’rsatadi.

Хullas, ey moddiyot qorong’iligida, vahimalar zulmatida, bo’g’uvchi shubhalar ichra titrayotgan g’ofil! o’zingga kel. Insoniyatga loyiq bir suratda yuksal. Shu to’rt darcha orqali boq, jamoli Vahdatni (ya`ni birlikdagi jamolni) ko’r, kamoli iymonni qozon, haqiqiy inson bo’l!

 

Yigirma ettinchi Deraza.

اَللّهُ خَالِقُ كُلِّ شَيْءٍ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ وَكِيلٌ

Koinotda sabablar va musabbablar (sabablarning mahsuli) ko’rilgan narsalarga qarasak ko’ramizki, eng a`lo bir sabab, eng oddiy musabbabga kuchi yetmaydi. Demak, sabablar bir pardadir. Musabbabni, ya`ni sabablarning mahsulini yaratgan Zot boshqa.

Masalan, hadsiz san`atlardan bor-yo’g’i juz`iy bir misol o’laroq, inson miyasida mosh urug’idek kichkina bir yerda joylashtirilgan хotiraga qarasak ko’ramizki, shunday bir jomi kitob, balki kutubхona hukmidadirki, butun hayot sarguzashtlari uning ichida chalkashsiz yoziladi.

Ajabo, shu qudrat mo’`jizasiga qaysi sababni ro’kach qilish mumkin? Miya to’qimalarinimi? Oddiy, shuursiz hujayra zarralarinimi? Tasodif shamollarinimi? Holbuki ul san`at mo’`jizasi shunday bir Zotning san`ati bo’lishi mumkinki, insonning qiyomat kunida oshkor qilinadigan ulkan amal daftaridan hisob-kitob vaqtida unga хotirlatadigan va qilgan har bir ishlari yozilganini bildirmoq uchun kichik bir hujjat sifatida nusha ko’chirib, yozib, aqlining dastiga beradigan bir Soni`i Hakiymning san`ati bo’lishi mumkin.

Аудио мавжуд эмас