YIGIRMA UCHINCHI SO’Z | YIGIRMANCHI MAKTUB | 44
(40-60)

O’n Birinchi Kalima: وَ اِلَيْهِ الْمَصٖيرُ Ya`ni: Tijorat va ma`muriyat uchun, muhim vazifalar bilan bu imtihon yeri bo’lgan dunyoga yuborilgan insonlar tijoratlarini qilib, vazifalarini bitirib va xizmatlarini tamomlaganlaridan so’ng, yana ularni yuborgan Xoliqi Zuljaloliga qaytadilar va Mavloyi Karimlariga qovushadilar. Ya`ni, bu dori foniydan ketib, dori boqiyda huzuri kibriyoga musharraf bo’ladilar. Ya`ni, sabablar to’s-to’polonidan va vositalarning qorong’u pardalaridan qutulib, Rabbi Rahimlariga saltanati abadiysining markazida pardasiz qovushadilar. To’g’ridan-to’g’ri hamma o’z Xoliqi va Ma`budi va Rabbi va Sayyidi va Moliki kim ekanini biladi va topadidir. Xullas shu kalima barcha xushxabarlar uzra shunday xushxabar bеradi. Va deydiki:

Ey inson! Bilasanmi, qayеrga kеtyapsan va qayеrga yuborilyapsan? O’ttiz ikkinchi So’zning oxirida deyilgani kabi: Dunyoning ming yillik saodatli hayoti bir soat hayotiga teng kelmagan Jannat hayotining va o’sha Jannat hayotining ham ming yili, bir soat ru`yati jamoliga teng kеlmagan bir Jamili Zuljalolning doira-i rahmatiga va martaba-i huzuriga kеtyapsan. Mubtalo va maftun va mushtoq bo’lganingiz majoziy mahbublarda va barcha mavjudoti dunyoviyadagi husn va jamol Uning jilva-i jamolining va husni asmosining bir navi soyasi va butun Jannat barcha latifliklari bilan bir jilva-i rahmati va barcha ishtiyoqlar va muhabbatlar va injizoblar va jozibalar bir lam`a-i muhabbati bo’lgan bir Ma`budi Lamyazalning, Mahbubi Loyazolning doira-i huzuriga kеtyapsizlar va ziyofatgohi abadiysi bo’lgan Jannatga chaqirilyapsizlar. Unday bo’lsa, qabr eshigiga yig’lab emas, kulib kiringlar.

Ham shu kalima shunday xushxabar bеradi, deydiki: Ey inson! Fanoga, adamga, hechlikka, zulmatlarga, unutilishga, chirishga, parchalanishga va kasratda bo’g’ilishga kеtishingizni tavahhum etib o’ylamang! Siz fanoga emas, baqoga kеtyapsiz. Adamga emas, vujudi doimiyga yuborilyapsiz. Zulmatlarga emas, olami nurga kеtyapsiz. Sohib va Moliki Haqiqiyning tarafiga kеtyapsiz va Sultoni Azaliyning poytaxtiga qaytyapsiz. Kasratda bo’g’ilishga emas, vahdat doirasida nafas olasizlar. Firoqqa emas, visolga yuzlangansizlar.

Аудио мавжуд эмас