Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 1
(1-100)

O’N BESHINCHI SHU`LA

Alhujjatuzzahro

Ikki Maqomdir

            [Bu dars ko’rinishdan kichik, haqiqatdan juda buyuk va juda quvvatli va juda keng bir risoladir. Ham mening tafakkuriy hayotimning, ham Nurning tahqiqiy hayoti ma`naviysining ilmalyaqiyn, aynalyaqiyn birlashishidan chiqqan bir meva-i iymoniya va firdavsiy bir samara-i Qur`oniyadir.]

Said Nursiy

Birinchi Maqom

 Uch Qismdir

[Yigirmanchi Makubning xulosat-ul xulosasi, Uchinchi Madrasa-i Yusufiyada berilgan darsning Birinchi Qismi]

 

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

وَبِهِ نَسْتَعِينُ

Afyon qamog’ida o’n bir oy mutlaq yolg’izlikda bo’lganimga doir Apellatsiya Mahkamasiga yozgan arizam bahonasi bilan o’ttiz besh yil yolg’izlikda, xususan kechalarda dunyoni unutishda bo’lgan va g’arazkorona kuzatuvlar bilan yigirma uch yil aziyat chekishidan insonlardan qo’rqib yolg’iz bir o’zi qolib, xizmatchisidan va Nur darsini ishtiyoq bilan orzulagandan boshqa hech kim bilan bir soat barobar bir yerda bo’lishidan ko’p siqilgan men kabi bir bechorani beshinchi kameraga jabran o’tkazdilar va qardoshlarimning yonimga kelishlarini man etdilar. O’sha gavjumlik ichida yashay olmayman deb ko’p xavotirlanarkan, birdan bir alomati hiddat va g’azab bo’lib sovuq shu daraja shiddatlandiki, agar o’sha eski yerimda qolsaydim, hech chiday olmasdim. U zahmat men haqqimda rahmatga aylandi.

Аудио мавжуд эмас