Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 4
(1-100)

BIRINCHI KALIMA: لاَ اِلهَ اِلاَّ اللّهُ dir. Bundagi hujjat esa chop etilgan Oyat-ul Kubro Risolasidir. U o’xshovsiz hujjatning g’aroyibligi uchundirki; Imomi Ali (R.A.), Nurning parchalaridan xabar bergan qatorda وَ بِاْلآيَةِ الْكُبْرَى اَمِنِّى مِنَ الْفَجَتْ  deb o’sha Oyat-ul Kubroni shafoatchi qilib Nur shogirdlarining Denizli qamog’ida, o’sha risolaning ham Anqara, ham Denizli Mahkamalarida g’alabasi bilan va parda ostida ta`sirli yoyilishi bilan talabalariga barot qozontirishga sabab bo’lgani kabi, uning yashirin nashri ham shogirdlarining to’qqiz oy qamalishlariga vasila bo’lishi bilan Imomi Alining (R.A.) ham karomati g’aybiyasini, ham Nur shogirdlarining badaliga duosini juda yaqqol bir suratda tasdiq etdi.

Ha, Oyat-ul Kubro Shu`lasi o’ttiz uch ijmo-i azimni va kulliy hujjatlarni mavjudotning umumida ko’rsatib, har bir hujjati kulliyada hadsiz burhonlar bilan ishora qilib boshda samovot yulduzlar kalimalari bilan; arz hayvonot va nabotot kalomlari va jumlalari bilan; bora-bora to koinot majmuasi ichidagilari va mavjudot va hudus va imkon va almashinish haqiqatlarining kalimalari bilan Vojib-ul Vujudning mavjudiyatini va vahdoniyatini Quyosh chiqishi va kunduz qat`iyatida isbot qiladi. Tebranmas bir iymon istagan va dinsiz anarxistlikka qarshi sinmas bir qilich qidirganlar Oyat-ul Kubroga murojaat qilsinlar.
Аудио мавжуд эмас