Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 6
(1-100)

TO’RTINCHI KALIMA: لَهُ الْمُلْكُ dir. Bundagi uzun hujjatga g’oyat qisqa bir ishora:

Ha, ko’zimiz bilan ko’ryapmizki; zamin yuzini bir ekinzor qilib ichida har bir bahorda yuz ming nav nabototning tuxumlarini barobar, aralash bo’lib u juda keng dalada ekadi. Va mahsulotlarini boshqa-boshqa, hech chalkashtirmasdan, adashtirmasdan kamoli intizom bilan olib ikki yuz ming nav hayvonotiga undan yegulik va ulushlarni -rahmat va hikmat qo’li bilan- ehtiyojlariga ko’ra tarqatgan hadsiz qudrat va ilm sohibi bir mutasarrif parda orqasida borki; bu keng va boy mulkida, xususan zamin ekinzorida bu tasarruflarni qilmoqda. Bu Mutasarrifi Hakimni va Moliki Rahimni tanimagan, bu zaminni ahmoq Sofistlar kabi mahsuloti bilan inkor qilishga majbur bo’ladi.

 

BESHINCHI KALIMA: وَ لَهُ الْحَمْدُ dir. Bundagi juda keng hujjatga g’oyat qisqa bir ishora:

Ha, ko’zimiz bilan ko’ryapmiz va aqlimiz bilan yaqqollik bilan bilamizki, bu koinot shahrida va zamin mahallasida va inson va hayvonot lashkargohida shunday bir Razzoqi Rahim va Muhsini Karim tasarruf va nazorat va tarbiya qiladiki, o’z ne`matlariga muqobil hamd va shukr qildirish uchun, zaminni bir tijorat kemasi va yegulik keltiradigan bir poyezd va yuzidagi bahor mavsumini bir vagon tarzida yuz ming nav taomlar bilan va ko’kraklar deyilgan konserva paketlari bilan to’ldirib qish oxirida yeguliklari tugagan muhtoj ziyhayotlarga yetishtirgan bir Razzoqi Rahimning ishlari bo’lganini, zarra qadar aqli bo’lgan tasdiq qiladi. Va tasdiq etmasdan inkorga tushgan, albatta zamin yuzida vasila-i hamd va shukron bo’lgan barcha muntazam ne`matlarni va muayyan rizqlarni inkor etishga majbur bo’lib ahmoq bir zararli hayvon bo’ladi.

Аудио мавжуд эмас