Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 9
(1-100)

SAKKIZINCHI KALIMA: وَ هُوَ حَىٌّ لاَ يَمُوتُ dir. Bundagi hujjatga g’oyat qisqa bir ishora shudir:

Masalan: Qandayki kunduzi to’lqinlangan bir dengiz yuzida va oqqan bir daryo ustidagi pufakchalarda ko’ringan quyoshchalar ketishlari bilan orqalaridan kelgan yangi pufakchalar aynan ketganlar kabi quyoshchalarni ko’rsatib ko’kdagi Quyoshga ishora va guvohlik qiladilar va zavol va vafotlari bilan bir doimiy Quyoshning mavjudiyatiga va baqosiga dalolat qiladilar. Aynan shuning kabi, har vaqt o’zgargan koinot dengizining yuzida va yangilangan hadsiz fazosida va zarralar ekinzorida va barcha hodisalarni va foniy mavjudotni quchog’iga olib barobar to’lqinlangan zamon daryosining ichida maxluqot, doimo tezlik bilan oqib ketmoqdalar, zohiriy sabablari bilan barobar vafot qilmoqdalar. Har yil, har kun bir koinot o’ladi, bir yangisi o’rniga keladi. Va zarralar dalasida, doimo kezuvchi dunyolar va oquvchi olamlar mahsuloti olinganidan, albatta pufakchalar va quyoshchalar zavollari bilan doimiy bir Quyoshni ko’rsatganlari kabi, u hadsiz maxluqot va mahsulotning vafotlari va zohiriy sabablari bilan barobar mukammal intizom bilan bo’shatilishlari, kunduz kabi shubhasiz, Quyosh kabi yaqqol bir qat`iyatda bir Hayyi Loyamutning, bir Shamsi Sarmadiyning, bir Xalloqi Boqiyning va bir Qo’mondoni Aqdasning vujubi vujudi va vahdati va mavjudiyati koinotning mavjudiyatidan ming daraja yaqqol va qat`iydir deb butun mavjudot alohida- alohida va barobar guvohlik qiladilar.

Xullas, koinotni to’ldirgan bu yuksak ovozlarni va quvvatli guvohliklarni eshitmagan va quloq solmagan qay daraja kar va ahmoq va jinoyatchi bo’lganini albatta tushundingiz.

 

Аудио мавжуд эмас