Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 8
(1-100)

YETTINCHI KALIMA: وَ يُمِيتُ dir. Buning hujjatiga g’oyat qisqa bir ishora:

Ha, ko’ryapmizki: Kuz mavsumida uch yuz ming nav ziyhayot vafot nomi bilan bo’shatilarkan, har bir nav va a`zoning sahifa-i amallarining qutichalari va qilganliklarining mundarijalari va keladigan bahorda qiladiganlarining ro’yxatlari va bir jihatda bir navi ruhlari bo’lgan tuxumlarini ularning o’rinlarida Hofizi Zuljalolning hikmat qo’liga omonat qilinganini va anjirning tuxum va urug’lari kabi zarracha u kichkina tuxumlari bittadan ruhi boqiy kabi anjir daraxtining barcha hayot qonunlarini tashigan va bir kitob qadar quvva-i hofizada yozuv kabi daraxtning tarixcha-i hayotini unda qadar qalami bilan yozgan, ulkan bir kitob hukmiga keltirgan bir Xalloqi Hakim, bir Hayyi Loyamutni tanimagan; albatta ahmoq bir inson va devona bir hayvon emas, balki Jahannam otashini aralashtirgan bir bebosh shaytondan yanada badbaxt va abadiy o’limga mahkum bo’ladi.

Ha, bu kalimalarning hujjatlariga ishora qilgan kulliy, qamrovli va hadsiz hayratomuz va nihoyasiz g’aroyibotlarni, mo’`jizalarni ichiga olgan bu mazkur hakimona fe`llar, foilsiz bo’lishlari yuz daraja mahol va botil bo’lgani kabi; ko’r, ojiz, shuursiz, kar, jonsiz, aralash-quralash, intizomsiz, chalkash, istilochi bo’lgan sabablarga nisbat qilish ming daraja imkonsiz, asossizdir. Bo’lmasa tuproqning har bir zarrasida hadsiz bir qudrat, bir hikmat va butun o’tlar va gullarning tashkilotiga doir juda hayratomuz va kulliy bir san`atkorlik bo’lishi; havoning har bir zarrasida -Rahbardagi Huva Nuktasining degani kabi- barcha gaplashishlarni va telefon va radiolarning kalimalarini biladigan va boshqa zarralarga dars beradigan bir qobiliyat bo’lmog’i lozim bo’ladi. Bu ajib fikrni esa hech bir shayton hech bir kishiga qabul ettirolmaydi. Va bu daraja aqldan, haqiqatdan uzoq va butun mavjudotga qarshi bir haqorat va tajovuz bo’lgan kufr va inkorning jazosi, faqat dahshatli Jahannam bo’lishi mumkin va ayni adolatdir. Albatta unday munkirlar uchun "Yashasin Jahannam!" deyishimiz lozim.

Аудио мавжуд эмас