Alhujjatuzzahro | Elhüccetüz Zehra | 11
(1-100)

"Uyg’on!" amri bilan va iroda kaliti bilan tom mezoni nizom bilan ochgani kabi, zamin xazinasini ham yomg’ir kaliti bilan ochib, mahzanchalari va nabototning maniylari bo’lgan barcha donlarni va hayvonotning manbalari va qushlarning va chivinlarning suv va havodan maniylari bo’lgan barcha inkishof amrini olgan qatralar mahzanchalarini barobar, xatosiz ochgan vaqtida, koinotda kulliy va juz`iy, moddiy va ma`naviy barcha xazina va omborlari hikmat va iroda va rahmat va istak qo’li bilan har biriga maxsus bir kalit bilan ochganini bilish va ko’rishni istasang, sening bir navi mahzanchalaring bo’lgan o’z qalbingga va dimog’ingga va jasadingga va me`dangga va bog’changga va zaminning guli bo’lgan bahorga va undagi gullarga va mevalarga boqki; mukammal nizom va mezon va rahmat va hikmat bilan bir g’aybiy qo’l tarafidan "amri kun fayakun" dastgohidan kelgan boshqa-boshqa kalitlar bilan ochmoqda. Bir dirham qadar bir quttichadan bir botmon, balki ba`zan yuz botmon taomlarni mukammal intizom bilan chiqarmoqda, ziyhayotlarga ziyofat bermoqda. Ajabo, bunday muntazam, olimona, basirona nihoyasiz bir fe`lga va tasodifsiz tom hikmatli bir san`atga va xatosiz tom mezonli bir tasarrufga va zulmsiz tom adolatli bir rububiyatga hech mumkinmidirki; ko’r quvvat, kar tabiat, daydi tasodif, jonsiz, johil, ojiz sabablar mudohala eta olsin? Va barcha ashyoni birdan ko’rib va barobar idora etolmagan va zarralar bilan sayyora yulduzlari amrida bo’lmagan bir mavjud bu har jihat bilan hikmatli, mo’`jizali, mezonli tasarrufga va idoraga qo’shila olsin?

Xullas, har xayr qo’lida, hamma narsaning kaliti yonida bo’lgan bunday bir Mutasarrifi Rahimni, bir Rabbi Hakimni tanimagan va inkorga tushganga, albatta تَكَادُ تَمَيَّزُ مِنَ الْغَيْظِ oyatining degani kabi, Jahannam unga g’azablanadi va qizishadi va hadsiz azobimga haqdordir, marhamatga hech loyiq emasdir, deb lisoni hol bilan deydi.

 

Аудио мавжуд эмас