O’N BIRINCHI KALIMA: وَ اِلَيْهِ الْمَصِيرُ dir. Ya`ni: Doira-i huzuriga va olami boqiysiga va oxiratiga va sarmadiy dori saodatiga ketilishi kabi, butun koinotdagi maxluqotning marjii udir; barcha sabablar silsilalari unga tayanadi va qudratiga suyanadi va u qudratining tasarruflariga bittadan pardadirlar; u qudrati qudsiyaning izzatini va hashamatini muhofaza uchun, barcha zohiriy sabablar faqat bittadan pardadirlar; ijodda ham hech ta`sirlari yo’qdir; amr va irodasi bo’lmasa hech bir narsa, hatto hech bir zarra harakat qilolmaydi deganidir. Bu kalimadagi hujjatga g’oyat qisqa bir ishora qilamiz:
Birinchidan: Bu qudsiy kalima ifoda etgan hashr va oxirat va hayoti boqiya haqiqatining bu kelgan bahor kabi qat`iy va shubhasiz haqiqatlashishini va kelishini to’liq iymon ettirish va isbot etish jihatini O’ninchi So’z va zayllariga va Yigirma To’qqizinchi So’zga va "Meva"ning Yettinchi Masalasiga va "Munojot" Shu`lasiga va Nurning iymoniy risolalariga havola etamiz. Darhaqiqat, ular bu rukni iymoniyni shunday bir tarzda hadsiz hujjatlar bilan isbot qilganlarki; dunyoning mavjudiyati darajasida oxiratning sodir bo’lishini eng qaysar munkirlarni ham tasdiqqa majbur qilgan bir suratda isbot qilganlar.
Ikkinchidan: Mo’`jiz-ul Bayoni Qur`onning uchdan biri hashrga va oxiratga qaraydi, har da`voni unga bino qiladi. Unday bo’lsa, Qur`onning haqqoniyatini isbot qilgan barcha mo’`jizalari va hujjatlari, oxiratning vujudiga ham dalolat qilganlari kabi; Muhammad Alayhissalotu Vassalomning nubuvvatiga guvohlik qilgan barcha mo’`jizalari va umum nubuvvatining dalillari va sidqining barcha hujjatlari hashr va oxiratga ham guvohlik qiladilar. Chunki u zotning (S.A.V.) butun hayotida doimiy bir buyuk da`vosi oxirat bo’lgani kabi, barcha bir yuz yigirma to’rt ming payg’ambarlar (Alayhimussalom) ham hayoti boqiya va saodati abadiyani da`vo qilib basharga xushxabar berib, hadsiz mo’`jizalar bilan va qat`iy dalillar bilan isbot qilganlaridan, albatta ularning payg’ambarliklariga va sodiqliklariga dalolat qilgan barcha mo’`jizalari va hujjatlari ularning eng buyuk va doimiy da`volari bo’lgan oxiratga va hayoti boqiyaga guvohlik qiladilar. Bunga qiyosan boshqa iymon ruknlarini isbot qilgan barcha dalillar ham hashrning sodir bo’lishiga va dori saodatning ochilishiga guvohlik qiladilar.